Get Mystery Box with random crypto!

Ашиқул Фирдавс

Telegram kanalining logotibi ashiqulfirdavs — Ашиқул Фирдавс А
Telegram kanalining logotibi ashiqulfirdavs — Ашиқул Фирдавс
Kanal manzili: @ashiqulfirdavs
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 393

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-05-15 12:07:38
Tinchlantiruvchi dori ichmay uxlayotgan bo‘lsangiz, uyqudan og‘riqlarsiz uyg‘onsangiz, birovga avratingizni ko‘rsatmay qazoi hojat qila olsangiz, oyoqlaringiz bilan yura olsangiz demak siz dunyo podshohlaridan birisiz!

Obidxon Sobitxon Abdulhamid
116 views09:07
Ochish/sharhlash
2023-05-03 18:33:17 Shunchaki o‘rganib qo‘yish boshqa, keyinroq shu o‘rganganingni tushunib, his etib ko‘rish umuman boshqa ekan, huddiki ikkisi bir-biridan uzoq holatlardek.

Islom ayollarga ularning tabiatlaridan kelib chiqqan holda qanchalik komfort zona yaratib berganini shu yil, balki shu kunlarda yanada ko‘proq anglab, his etib boryapman.

"Yopinchiqlaringizni ko‘ksingizga tashlang" oyatining o‘zidayoq ayol uchun qancha yaxshiliklar mujassam. Bunda ayol nafaqat avratini berkitadi, balki ajib bir sakinatni his qilib, huddiki ko‘chada ham o‘ziga hijob ichida bir "uy" qurib olgandek erkin, bemalol bo‘lib qoladi. Bu huddiki, ovqatni tayyorlab qo‘yib, ustiga qopqoq yopib, unga chivinlardan zarar yetmasligiga ishonching komil bo‘lib, xotirjam boshqa ishingni qilish kabi.

Ayolning uyda qolishiga chaqiriq esa, uning uchun uyi eng yaxshi qo‘rg‘on ekanligiga isbot, dunyodagi jamiki fitnalardan omonda qolish va shu sabab jannatga bir qadam yaqinlashish imkonini beradi.

Mehribon Zot bizni bunday go‘zal dinga munosib ko‘rganiga alhamdulillah
103 views15:33
Ochish/sharhlash
2023-04-20 20:26:58
Iyd al-Fitr, Ramazon hayiti muborak dindoshlar.

Alloh siz-u bizdan ibodatlarimizni qabul aylasin.
290 views17:26
Ochish/sharhlash
2023-04-19 10:53:41
Beruniy 27 yoshida ekan 18 yoshli Ibn Sino bilan yozma munoqashaga kirishadi. Mavzu nima, bilasizmi? "Yorug'lik tezligi o'lchovsizmi, ya'ni la mutanohiymi, yoki vaqt bilan o'lchasa bo'ladimi?" Qanday ajoyib, shunday emasmi? Bunday hodisa bugungi Turkiyada ham yo'q.

- Fuat Sezgin
134 views07:53
Ochish/sharhlash
2023-04-15 12:24:32
Rakurs
118 views09:24
Ochish/sharhlash
2023-04-09 20:17:26
Ramazon oyida o‘qilajak Qur‘onning savobi boshqa oylarga nisbatan 10 barobar ortiq bo‘ladi. Endi bu – taroveh va namozlarda ham qiroat qilinsa, nur ustiga nur, savobi undanda ziyoda bo‘ladi, inshaalloh.

(Hadislarga asoslangan holda.)
113 views17:17
Ochish/sharhlash
2023-04-03 04:08:23
Bilamiz, lekin qilmaymiz

Ancha oldinlar diniy kitoblardan qanday amallar qilsak ohiratimizga foyda bo‘lishini, qanday zikrlarni aytsak iymonimiz va guhohlarimizga ta‘sir o‘tkazishini yetarlicha o‘qiymiz.

O‘qib bo‘linganidan so‘ng shijoatga to‘lamiz, kirishib bajaramiz har birini. Keyinroq esa yana sustlashishni boshlaymiz. Ko‘p hollarda bu holat unutishdan kelib chiqadi, zikr va ibodatlarning foydasini, yaxshi xulq, silai-rahm – unutamiz barini, qalbimizning tub-tubida turgan bo‘lsada.

Kuni kelib shu o‘rganganlarimiz yana qarshimizdan chiqa boshlaydi. So‘ng "Qanday qilib unutdim, ahir men bilardimku, nega bajarmay qo‘ydim shunchalik oson zikrlarni-da?" deya o‘zimizni koyib qo‘yamiz.

Insoniyatning aynan juda tez unutishi jihatlarini inobatga olib ham "Eslating, zero eslatish mo‘minlarga manfaat berur. (Zoriyot 55)" oyati nozil bo‘lgan bo‘lsa ham ajab emas. Zero Alloh, bizni o‘zimizdanda yaxshiroq biluvchidir.

Demak eslatmalar bo‘lib turishi, o‘rinli eslatmalar ko‘payishi biz uchun juda foydali
.
149 viewsedited  01:08
Ochish/sharhlash
2023-04-03 02:38:07
#hadis
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:

"Kishining o‘zi uchun muhim (zarur) bo‘lmagan narsalarni tark qilishi uning Islomining go‘zalligi (komilligi)dandir."

Termiziy va Ibn Moja rivoyati. Hasan hadis
97 views23:38
Ochish/sharhlash
2023-04-02 12:13:57
XV asrda ijod qilgan Anvo’iy ijodidan ekan. Lug‘atlari:

Mone’ — to‘suvchi, qaytaruvchi — مانع
Qone’ — qanoat qiluvchi — قانع
Xone’ — itoatkor, bo‘ysunuvchi — خانع
Sone’ — chiroyli, go‘zal —
سانع
136 views09:13
Ochish/sharhlash
2023-03-27 17:52:19
#hadis
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

“Ro‘za va Qur’on bandani shafoat qiladi. Ro‘za aytadi: “Ey Robbim, men uni kunduzi taomlanish va shahvoniy ehtiyojlarini qondirishdan man qilganman, bas, uni shafoat qilishimga izn ber”. Qur’on aytadi: “Ey Robbim, men uni kechasi uxlashdan man qilganman, bas, uni shafoat qilishimga izn ber”. Ularning talabi qondiriladi va shafoat izni beriladi”.

(Bayhaqiy, Shuab ul-iymon).
92 views14:52
Ochish/sharhlash