Get Mystery Box with random crypto!

Men kelsam qoqilmas eshiging... Kelishim to‘pori, jaydari: Tal | Asadbek Private

Men kelsam qoqilmas eshiging...
Kelishim to‘pori, jaydari:
Taloto‘p kelaman,
to‘zg‘iysan
kelishim kelishmas - zilzila!

Gar ketsam (kelishga ulgurib)
Ketishim oqsuyak sovuq his:
Bir yomon ketaman
izg‘iysan
ketishim ketishmas - huvillash!

Ortimdan sukutlar uvvosi -
Qolishlar nidosi yangramas:
Sen nega qolasan?
nahot-a?
qolishing qolishmas, qolishmas!
qolishing ketishdan yomonroq!
(qolishing ketishdan qolishmas...)