Get Mystery Box with random crypto!

Farzandlarini qo’lidan tutib kitob do’koniga olib keladigan, u | Asaxiy Books

Farzandlarini qo’lidan tutib kitob do’koniga olib keladigan, unga o’ziga mos kitoblar olib beradigan ota-onalarga havas qilsa arziydi. Ular farzandlarini kelajagi uchun qayg’uradi, uni rivojlanishi va har jihatdan kuchli inson bo’lishini xohlaydi. Yoshligidan kitobga mehr uyg’otilgan boladan yomonlik chiqmaydi, unda shaxsiy fikr va keng dunyoqarash bor.

Rasmdagi yigit ham do’konimiz mijozi, uni 30% lik chegirma e’lon qilganimizda dadalari olib kelganlar va o’g’illari uchun ko’plab ajoyib kitoblar olib berganlar. Otaning farzandiga e’tibori tahsinga loyiq.

Do’konimizga ota-onasi bilan kelgan jajji bolajonlarning kitobga mehri ko’zni quvontiradi. Farzandini kitobga mehrli qilib tarbiyalayotgan ota-onalarga cheksiz tashakkur aytamiz.