Get Mystery Box with random crypto!

Ichimda bir ovoz bor. Dunyoga kelibmanki, oʻzimniki deb oʻylag | Asar Parcha | bookworm

Ichimda bir ovoz bor. Dunyoga kelibmanki, oʻzimniki deb oʻylaganim oʻsha ovoz bor... Hech toʻxtamagan, har doim shivirlab turgan ovoz... Kimdir uni “ichki ovoz” desa, yana kimdir uni “Menlik” deb ataydi, ammo eskilar buni “nafsning ovozi”, “nafs” deb atashadi...
Nafs — zahardir. nafs — dushmandir... U hech qachon tin olmaydi... Sizning ham ichingizda bir ovoz siz bilan gaplashadimi? Siz jim boʻlgan paytingizda ham u gapiraveradi, shundaymi? Quloqlaringizga nimalarnidir pichirlaydimi? Yolgʻiz qolgan paytingizda bu gʻalati ovoz siz bilan soʻzlashadimi?
Men siz bilan dardlashadigan oʻsha nafs haqida hikoya qilib beraman. Shunday ekan, bu kitobni nafsingiz tilidan xitob qilinadigan bir hikoya deb qabul qilgaysiz....
Ammo shuni bilingki, qalbimizga mana shularni vasvasa qilgan ham nafsimizdir. Bizlarni ishdan qoldirgan, aldab suldagan ham nafsdir.