Get Mystery Box with random crypto!

Mastercard bilan hamkorlikda o’tkazilgan aksiyamizning uzoq ku | ASAKABANK

Mastercard bilan hamkorlikda o’tkazilgan aksiyamizning uzoq kutilgan natijalari!

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyunidan boshlab “Venetsiyaga Mastercard bilan birga” aksiyasini joriy qilgan edik. Aksiyada ishtirok etish uchun mijozlar aksiya davrida Asakabankning Mastercard World Black Edition kartasini ochib, u orqali 50 AQSh dollari yoki undan ortiq miqdorda xaridlarni amalga oshirishlari kifoya edi.

Bugun aksiyaning har bir ishtirokchisiga SMS orqali o’zlarining tarkibiy raqamlari jo'natildi. Va soat 16:00 da instagram va telegram ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali jonli efirda aksiya g'oliblarini aniqlaymiz!

Ushbu yozda uzoq kutilgan voqeani o'tkazib yubormaslik uchun telefoningizdagi eslatmani yoqishni unutmang!

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!