Get Mystery Box with random crypto!

Asadbek Elmurodov

Telegram kanalining logotibi asadbek_elmurodov — Asadbek Elmurodov A
Telegram kanalining logotibi asadbek_elmurodov — Asadbek Elmurodov
Kanal manzili: @asadbek_elmurodov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50
Kanalning ta’rifi

@bookblog_asadbek

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-11-22 08:11:45 Kuratorim bilan suhbat.

Ustoz: Nega bugun amaliyotga kelmading?
Man: Qo'shimcha darsim bor edi. 2-smenaga boraman.
U: Sen o'zi qayerda o'qiysan.
M: Everestda
U: Sen Nizomiyda o'qiysan, senlarni yaxshi ustoz qilib chiqarish uchun 4+2 joriy qilingan(4 kun o'qish 2 kun amaliyot). Senlar bo'sa amaliyotga kelmaysan.
M: 2-smenaga boraman dedimku ustoz. Darsim bor bugun. Kecha 1-smenaga borgandim. Bugun 2-smenaga boraman.
U: Bo'ldi bugunga senga NB qo'ydim. Yiqilasan amaliyotdan.

Gapirilaverib siyqasi chiqib ketgan mavzuda gapirishni xohlamasdim-u, lekin bugun majbur bo'ldim. Ertalabdan nega amaliyotga kelmading, NB qo'yaman, yiqilasan. Jonga tegib ketti to'g'risi. O'zi har kuni bizni tekshirish uchun amaliyotga kelishu kerak bo'lgan ustoz 1 oyda 1 marta kelib, nega kelmading deb o'tirishini qarang. Ustoz kelganda hamma borib u bilan rasmda tushish kerak edida. Amaliyot qanday bo'layapti, darslar yaxshi o'tilayaptimi deb so'rash yo'q bularga faqat rasm va komissiya kelganda hamma maktabda bo'lsa bo'ldi. To'g'rida qog'ozlar joyida bo'lsa ta'lim sifatini nima keragi bor. Ba'zi kursdoshlarim maktabda ishlashadi. Hatto ularni amaliyotini o'zi ishlayotgan maktabga qo'yib berishmadi. "4+2 joriy qilinib senlarni yaxshi o'qituvchi qilamiz" degan gaplarni eshitib na kulishni na yig'lashni bilasiz. Xullas bu mazvu davom etadi.

P. S. Bu ketishda o'qishni o'qituvchi emas fotomodel bo'lib bitirib ketmasak bo'ldi .

https://bit.ly/3Htd7UO
107 viewsAsadbek Elmurodov, edited  05:11
Ochish/sharhlash
2022-11-05 07:44:18 Ideal ota qanday bo‘ladi?

Qiz bolaning hayotida birinchi erkak, ulkan suyanch tog‘i, ideal odam, shubhasiz, uning otasidir. Ideal ota – o‘z farzandlariga bir xil munosabatda bo‘ladigan va ularning tarbiyasida turmush o‘rtog‘i bilan birga faol ishtirok etadigan odam.
Siz qizingiz uchun ideal ota bo‘lishni istaysizmi? Quyida buning uchun nimalarga e’tibor berishingiz zarurligi haqida tavsiyalar berib o‘tmoqchimiz.

1. Ko‘proq mehr bering.
Yuqorida qayd etganimizdek, qiz bola doimo otasining mehriga muhtoj bo‘ladi. U kutgan mehrni bera oling. Qizingizning hayoti davomida bu juda muhim o‘rin tutadi.

2. Qizingizga doim yaxshi gapiring.
Yaxshi narsalar haqida suhbatlashing. Otaning qizni qo‘llab-quvvatlashi, rag‘batlantirishi unda ishonchni hosil qiladi. Shunda u o‘zini hurmat qilishni o‘rganadi. O‘zining qadr-qimmati va obro‘sini saqlashga, o‘zini rivojlantirishga intiladi.

3. Qizingizning hurmatini qozoning.
Otaning qizi oldidagi vazifalaridan biri, albatta, uning hurmatini qozonishdir. Qizning hayotida sog‘lom muhit barpo etishingiz lozim. Agar qizingizning ishonchini qozona olsangiz, u sizni doimo hurmat qiladi va har bir so‘zingizni o‘zi uchun qonun deb biladi. Agar unga kuch ishlatish, bosim o‘tkazish orqali so‘zingizga kiritmoqchi bo‘lsangiz yanglishasiz. Bunda uning isyoni kuchayadi va unga ta’siringizni yo‘qotasiz.

4. O‘g‘lingizga aytmagan gapingizni qizingizga aslo aytmang.
Agar qizingiz yoningizga muammolarini aytgani kelsa, aslo onangga ayt yoki boshqa safar deb qaytarmang. Unga quloq soling. Maslahat bering, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating. O‘zini zaif his qilayotgan bo‘lsa, unga dunyoda o‘tgan kuchli ayollarni misol keltiring. U ham ana shunday kuchli bo‘lishiga ishonishingizni bildiring. O‘z fikriga ega bo‘lishiga, nimani istayotganini aytishiga imkon bering. Shunda qizalog‘ingiz kelajakda o‘zini xafa qildirmaydigan, o‘z orzularini to‘g‘ri tanlab olgan holda ulg‘ayadi.

5. Qizingiz bilan muntazam samimiy suhbatlashishni odat qiling.
Hikmatga boy, ibratli voqealarni, hayotiy misollarni keltirib qizingiz bilan suhbatlashishingiz tufayli u o‘zini yanada xavfsiz, qadrli va sevimli ekanini tushunib oladi. Qizingiz bilan ham samimiy va do‘stona bo‘ling. Suhbat mavzusi o‘zgarishi mumkin, biroq bu orqali qizingizning fikrlari, his-tuyg‘ularini teranroq ifoda etishini kuzatasiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
103 views04:44
Ochish/sharhlash
2022-10-25 10:27:57 Бизни гуноҳлар кучсизлантиради, гуноҳлар синдиради, гуноҳлар мағлуб этади..
Аслида кучлимиз, мустаҳкаммиз, ғолибмиз.

@Mubashshirahmad
113 views07:27
Ochish/sharhlash
2022-09-29 11:42:32 Taqvo birovga koʻz-koʻz qilish uchun(mi)?

Baʼzida shunday insonlari koʻramizki, ularni qilgan ishi Alloh uchunmi yoki birovlar uchun bilmay qolamiz. Ijtimoiy tarmoqlarda namoz oʻqiydi, Allohni sevadi, istigʻfor aytadi. Ayniqsa masjidda namozlarni oʻrtasida hammani videoga olib oʻtirganlarni koʻrsam juda jahlim chiqadi.
Bu hatti harakatlari bilimsizlikdanmi yoki maqtanchoqlik bilmay qolaman. Odamlarga nima boʻlyapti ekan-a?

P.S: Sizchi, nima deb oʻylaysiz

https://bit.ly/3Htd7UO
173 viewsedited  08:42
Ochish/sharhlash
2022-06-25 14:43:25
Dizipro oʻquv markazidagi kurslarimiz oz nihoyasiga yetdi. Kurs davomida 3ds max, Vray, Corona hamda Marvelous darsturlarida interyer dizayn, rendering, 3d va furniture modelingni PRO darajasida oʻrgandik. Bizga oʻzlaridagi bor bilimni berishga harakat qilgan ustozlarimiz Jamshid aka hamda Isomiddin akaga oʻz minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Shu oʻrinda Dizipro oʻquv markazi asoschisi Abdusattor Abdurahimovga ham Oʻzbekiston 3D sohasi rivojiga qoʻshayotgan katta hissalari uchun alohida rahmat.

https://bit.ly/3Htd7UO
254 views11:43
Ochish/sharhlash