Get Mystery Box with random crypto!

#bookreview #mutolaa 2023-yilda birinchi tugatgan kitobim. Ya | Asadbek Elmurodov

#bookreview #mutolaa

2023-yilda birinchi tugatgan kitobim. Yangi yilni koʻproq ilmiy kitoblardan boshlashga qaror qildim. Chunki nimaiki oʻrganar ekanmiz, oʻrganish usullarini bilib va yuqori samaradorlikka ega boʻlib ishlasak, biz uchun eng zarur vaqtni tejab qolamiz va koʻproq maʼlumot qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlamiz. Mukammal xotira esa hayotimizda har bir sohada va har bir onda bizga kerak boʻladi. Masalan, ingliz tilidan lugʻat yodlashni boshladingiz. Inglizcha soʻzni va uning tarjimasini qayta-qayta takrorlab oʻtish sizni koʻp vaqtingizni oladi va tez orada esingizdan chiqadi. Mnemonika usullaridan foydalanib esa soʻzlarni qisqa muddatda uzoq vaqtga eslab qolish siz oʻylagandan ancha oson. Endi oʻylab koʻring super xotiraga ega boʻlib 1 soatda oʻrganadigan soʻzingizni bor yoʻgʻi 10 yoki 20 daqiqada yodlash mumkin. Xullas xotira hamma vaqt hammaga kerak boʻladi. Oʻqishni tavsiya qilaman.

P.S. Kitob 1 hafta oldin tugatilgan. Dangasalik sababli post kechikdi.

https://bit.ly/3Htd7UO