Get Mystery Box with random crypto!

Raqibimiz xo‘jayini kim ekanligini bilasizmi ? Yuqorida OCHL | Pubg bc server

Raqibimiz xo‘jayini kim ekanligini bilasizmi ?

Yuqorida OCHL play offida Nasafga raqiblik qiladigan Baniyas klubi egasi Shayx Saif bin Zayed Al Nahyon deb tanishtirgan edik. Raqib haqida ma'lumot yig‘ish mobaynida ko‘zimiz ushbu insonning shaxsiyatiga tushdi. Bu inson BAAda davlat miqyosidagi "katta" insonlardan ekan. Boshidan boshlasak.

Saif Al Nahyon 1968-yil BAAning Al-Nahyon shahrida tug‘ilgan. 90-yillarda "United Arab Emirates University"ning sharqshunoslik fakultetida o‘qigan Saif , Abu-Dabi politsiyasi bosh direktori bo‘lgan. 2004-yilda esa uni Ichki ishlar vaziri lavozimiga ko‘tarishgan. O‘sha yilning dekabrida Saifga General-leytenant unvoni berilgan.

2009-yil Saif Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Qo‘shimchasiga Ichki ishlar vaziri lavozimini saqlab qolgan.

Hozirda ham u BAA
miqyosidagi "eng katta"
5 ta odamdan bittasi hisoblanadi

https://t.me/uzbek_futbol_yangiliklari