Get Mystery Box with random crypto!

Artel Matbuot xizmati

Telegram kanalining logotibi artelmatbuotxizmati — Artel Matbuot xizmati A
Telegram kanalining logotibi artelmatbuotxizmati — Artel Matbuot xizmati
Kanal manzili: @artelmatbuotxizmati
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.65K
Kanalning ta’rifi

Artel kompaniyasi Matbuot xizmatining rasmiy sahifasi.
-
Официальная страница пресс-службы Artel Company.

По всем вопросам:
📲 99895 177 48 48
Service center:
📲 998 78−148−88−88

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 35

2022-11-18 15:30:15
#Mutaxassis_vaqti

Savol:

Yaqinda Artel Android televizorini sotib olgan edim. Wi-Fi ga ulaganimda "Без доступа к интернету" chiqib qolyapti. Qanday qilib internetga ulasam bo'ladi?

Javob:

Ushbu holat bo’yicha WI-FI ga ulanib “Без доступа к интернету” chiqib qolayotgan bo’lsa, televizorni sanasi va vaqti noto’g’ri belgilab qo’yilgan. Ushbu holatni bartaraf etish uchun sozlamalarga kirib sana va vaqt bo’limidan, sanani va vaqtni to’g'rilab qo'yishingiz lozim bo'ladi.

Internetni ulash uchun esa, HOME tugmasi bosilib bosh menyuga o'tiladi, ekrandagi "Sozlamalar" bo'limiga kiriladi, Tarmoq va internet bo'limiga kirilib kerakli Wi-Fi tarmog'iga ulanadi.

Murodbek Rustambekov, Artel yagona aloqa markazi texnik bo'limi xodimi.

Telegram Instagram
Facebook Twitter Youtube
2.7K views12:30
Ochish/sharhlash
2022-11-18 10:00:09
Artel kompaniyasiga Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti (TOBB ETÜ Tashkent) talabalari tashrif buyurdi

18-noyabr kuni Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti (TOBB ETÜ Tashkent) talabalari Artel kompaniyasining Rohat hududidagi korxonalariga tashrif buyurishdi.

"Texnotur" davomida talabalarga kompaniyaning ishlab chiqarish kuchi va imkoniyatlarini namoyish etildi.

Bo'lajak mutaxassislar turli maishiy texnikalarni ishlab chiqarish va yig'ish jarayonlariga guvoh bo'ldilar, mahalliy ishlab chiqarish texnologiyalari istiqbollari haqida batafsil o'rgandilar.

_____________

Компанию Artel посетили студенты Турецкого Университета Экономики и Технологий (TOBB ETÜ Tashkent)

18 ноября, студенты ташкентского филиала TOBB ETÜ посетили производство компании Artel на территории «Рохат».

Во время «технотура» студентам были продемонстрированы мощности предприятия и возможности компании.

Будущие специалисты смогли наглядно изучить процессы изготовления и сборки нескольких позиций крупно-бытовой техники и подробнее узнать о потенциале развития местного производства.

Telegram Instagram
Facebook Twitter Youtube
3.2K views07:00
Ochish/sharhlash
2022-11-18 07:31:46
Aziz vatandoshlar!

Sizni 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining 31 yilligi munosabati bilan samimiy qutlaymiz!

O'zbekiston bayrog'i xalqimizning yuzi, kelajagi, mushtarak g'oya va iftixoridir. Xalqaro maydonda o'z so'zi, o'tmishi va ertasi, mustaqil taraqqiyot yo'liga ega yangilanayotgan O'zbekiston bayrog'i har birimizning g'ururimiz, faxrimiz hisoblanadi. Shu sababli ham bayrog'imizni har ko'rganda qalbimizni iliqlik va hayajon qamrab oladi.

Davlatimiz ramzi qabul qilingan sana bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!

Telegram Instagram
Facebook Twitter Youtube
4.4K views04:31
Ochish/sharhlash
2022-11-17 16:04:23
DIQQAT, TANLOV!

Artel kompaniyasi matbuot xizmatidan navbatdagi sovrinli o'yin!

Bu safargi tanlovimizda siz eksklyuziv Changyutkich yutib olishingiz mumkin. Shartimiz o'sha-o'sha:

Maxsus https://t.me/Artel_konkurs_bot telegram botidan ro‘yxatdan o‘ting va o‘z ID raqamingizga ega bo‘ling!

Tanlovga ko'plab ishtirokchilarni taklif qilish orqali ID raqamingizni ko'paytirib yutish imkoniyatingizni oshiring!

Gʻolib 1-dekabr kuni tasodifiy tanlash yo‘li bilan (Random.org xizmati orqali) aniqlanadi.

Telegram Instagram
Facebook Twitter Youtube
5.2K views13:04
Ochish/sharhlash
2022-11-17 15:00:52
Artel matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan tanlov sovrini g'olibimiz —Buxoro viloyatidan Ozodbek Sayfulloyevga topshirildi.

Bugun soat 18:00 da navbatdagi tanlovimizga start beramiz. Bu safar aynan sizning omadingiz kelishi mumkin. Bizdan uzoqlashmang.

Telegram Instagram
Facebook Twitter Youtube
3.5K views12:00
Ochish/sharhlash
2022-11-17 12:00:56
Artel sizni do'stona jamoamizning bir qismi bo'lishga taklif etadi!

Katta va barqaror jamoamizga tinimsiz rivojlanishni istagan yuqori malakali mutaxassislar kerak.

Quyidagi mutaxassislar bo'yicha bo'sh ish joylarini taklif etamiz:
- ichki audit boshqarmasi boshlig'i;
- matbuot xizmati rahbari;
- savdo-marketologi;
- brend menejer;
- tahlilchi;
- sotuv bo'yicha tahlilchi;
- moliyaviy tahlilchi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat bo'yicha mutaxassis;
- buxgalter yordamchisi;
- xodimlarni boshqarish bo'yicha mutaxassis;
- muhandis texnolog;
- muhandis-konstruktor;
- muhandis-mexanik;
- energetika muhandisi;
- elektronika muhandisi;
- elektrik;
- sifat nazoratchisi;
- operator;
- qadoqlovchi-yig'uvchi.

Agar siz shunday mutaxassislardan biri bo'lsangiz, biz sizni kutamiz!
Qo'shimcha ma'lumot uchun ko'rsatilgan telefon raqamiga murojaat qiling yoki telegram botda arizangizni qoldiring:

+99878 888 05 05;
@RabotaArtel_bot

Telegram Instagram
Facebook Twitter Youtube
4.2K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-11-17 09:32:23
Artel kompaniyasi rahbariyati ishtirokidagi ochiq muloqotlar davom etmoqda

16-noyabr kuni Jome hududida Artel kompaniyasi Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari Qobil Toshmuhammedov ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi.

Mazkur muloqotdan maqsad, xodimlarning taklif va murojaatlarini yaqindan o‘rganish, ularning muammolarini har tomonlama hal etishdir.

Zero, Artel kompaniyasi o'z korporativ-ijtimoiy mas'uliyatining ajralmas qismi sifatida rahbarlar va xodimlarning bevosita kommunikatsiyasini kuchaytirishga doimo intiladi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Artel kompaniyasi boshqaruv raisi Shohruh Ro'ziqulov hamda boshqaruv raisining moliyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosariBektemir Murodov ishtirokida shu kabi ochiq muloqotlar bo'lib o'tgan edi.

Telegram Instagram
Facebook Twitter Youtube
4.6K views06:32
Ochish/sharhlash
2022-11-16 16:00:19
#bu_qiziq
Yaponiya uchar mashinalar sinoviga tayyorlanmoqda

Mitsubishi Estate, Japan Airlines va Kanematsu savdo-investitsiya korporatsiyasi hamkorlikda Tokioda uchar avtomobillar bilan tajriba oʻtkazdi.

Birinchi bosqichda Mitsubishi Estate Tokio markazidagi osmonoʻpar binolarining tomlari va hududlarida uchar mashinalar oʻrnatish uchun joylarni tanlaydi. Xarajatlar smetasi tuziladi va dastlabki tajribalar oʻtkaziladi. Boshqariladigan uchar apparatlarning birinchi haqiqiy sinov parvozlari 2024-moliya yilida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Bir qator yapon kompaniyalari 2025-yilda uchar avtomobillardan tijoriy foydalanishni yoʻlga qoʻyish niyatida. Xususan, ular Osaka shahrida boʻlib oʻtadigan Butunjahon koʻrgazmasida yoʻlovchilarni tashish uchun ishlatilishi kerak.

AQSHning eng yirik banklaridan biri Morgan Stanley maʼlumotlariga koʻra, 2040-yilga borib uchar avtomobillar global bozori 1,5 trillion dollarga yetishi mumkin.

Telegram Instagram
Facebook Twitter Youtube
3.9K views13:00
Ochish/sharhlash
2022-11-16 13:00:28
Pishirish yuzasini qanday tanlash kerak?

Pishirish yuzasini tanlash uchun siz nafaqat uning turini, balki foydalanish qulayligiga ta'sir qiluvchi boshqa xususiyatlarni ham o'rganishingiz kerak.

Pishirish yuzasini tanlashda ta muhim omil: https://telegra.ph/Pishirish-yuzasini-qanday-tanlash-kerak-11-15

___________

Как выбрать варочную поверхность?

Чтобы решить, какую варочную панель лучше выбрать, нужно изучить не только ее тип, но и другие характеристики, которые влияют на удобство эксплуатации.

важных факторов при выборе варочной поверхности: https://telegra.ph/Pishirish-yuzasini-qanday-tanlash-kerak-11-15

Telegram Instagram
Facebook Twitter Youtube
3.9K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-11-16 08:30:19
Ishingizda unum va baraka bo‘lishini istasangiz, erta tongni tabassum bilan boshlang.

Artel kompaniyasining konditsioner ishlab chiqarish korxonasida kayfiyat har doim a'lo!

Telegram Instagram
Facebook Twitter Youtube
4.6K views05:30
Ochish/sharhlash