Get Mystery Box with random crypto!

Artel o'z bozorlari geografiyasini kengaytirishda davom etmoqd | Artel Matbuot xizmati

Artel o'z bozorlari geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda

Bugun Artel kompaniyasiga Birlashgan Arab Amirliklaridan mehmonlar — "Golden Sigma" kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Artel sovitish va muzlatish uskunalarini BAA bozoriga olib chiqishni va o'zbek konditsionerlarini eksport qilish masalalarini muhokama qilishdi.

Golden Sigma — yirik ishlab chiqarish va muhandislikka ixtisoslashgan xalqaro kompaniya. Ayni kunlarda arab kompaniyasi Artel milliy brendi bilan hamkorlik qilib, uning mahsulotlarini Yaqin Sharq mamlakatlariga olib kirishni maqsad qilgan.


___________________

Компания Artel непрерывно расширяет географию своих рынков

Сегодня Artel посетили гости из Объединенных Арабских Эмиратов — представители компании Golden Sigma.

Во время встречи стороны обсудили возможный выход холодильного и морозильного оборудования на рынок ОАЭ, а также экспорт кондиционеров отечественного производства.

Golden Sigma — международная компания, специализирующаяся на крупном производстве и инженерии. На сегодняшний день арабская компания намерена сотрудничать с национальным брендом Artel и реализовать её продукцию в странах Ближнего Востока.

Telegram Instagram
Facebook Twitter Youtube