Get Mystery Box with random crypto!

Artel kompaniyasining eng yaxshi xodimlari e’tirof etildi | Artel Matbuot xizmati

Artel kompaniyasining eng yaxshi xodimlari e’tirof etildi

Kompaniyaning barcha korxonalarida oyning eng faol xodimlarini rag‘batlantirish urf bo‘lib qolgan. Bu gal ham ushbu an’anaga ko‘ra, aprel oyida konditsioner ishlab chiqarish korxonasida o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashgan, zimmasiga yuklatilgan vazifani sidqidildan bajarib kelayotgan bir qator xodimlar taqdirlandi.

Shuningdek, kompaniya rivojiga hissa qo'shishga xizmat qiluvchi eng yaxshi taklif va g‘oya muallifi hamda ish hududida barcha talablarga rioya qilgan eng yaxshi uchastka mas’ul xodimi ham e’tirof etilib, barcha g‘oliblarga korxona rahbariyati tomonidan sovg‘alar topshirildi.

[Читать на русском]

Telegram Instagram
Facebook Twitter Youtube