Get Mystery Box with random crypto!

Artel kompaniyasi “Yosh menejer” loyihasi ishtirokchilarida ka | Artel Matbuot xizmati

Artel kompaniyasi “Yosh menejer” loyihasi ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi

Yoshlar ishlari agentligi hamda Imkon Uzbekistan NNT hamkorligida amalga oshirib kelinayotgan “Yosh menejer” loyihasi ishtirokchilari uchun Artel kompaniyasiga ekskursiya tashkil etildi.

"Loyiha boshqaruvi" (Project management) va "Shaxsiy rivojlanish" (Personal development) yo‘nalishlarida amaliy ta’lim olayotgan talabalarda Artel kompaniyasi katta qiziqish uyg‘otdi. Yoshlar, asosan, kompaniyada xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, bo‘sh ish o‘rinlari va nomzodlarga qo‘yiladigan talablarga doir savollar bilan murojaat qilishdi.

Shuningdek, ular konditsioner ishlab chiqarish jarayoni hamda Artel innovatsion o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

[Читать на русском]

Telegram Instagram
Facebook Twitter Youtube