Get Mystery Box with random crypto!

Oshxona plitasining asosiy afzalliklari quyidagilar: Xavfsi | Artel Matbuot xizmati

Oshxona plitasining asosiy afzalliklari quyidagilar:

Xavfsizlik tizimi

Oshxona plitalarining eng muhim jihatlaridan biri – gaz nazorat xavfsizlik tizimi Italiyaning taniqli ORKLI firmasidan xarid qilinadi va bu gaz nazorati qurilmasini uzoq yillar davomida ishlashini ta'minlaydi. Ushbu tizim olov o’chgan hollarda gaz ta’minotini avtomatik holda to’xtatadi.

Oshxona plitalarining elektr o’t oldirgichi

Ko'plab yangi modellarda elektr o’t oldirgich funksiyasi bor. Bu funksiya vaqtingizni tejaydi va har safar gugurtdan foydalanish zaruriyatidan ozod qiladi.

Oshxona plitalarining Grill funksiyasi

Ko'pgina gaz plitalarida odatda mazali taomlar pishirish uchun mo'ljallangan maxsus gril panjarasi bo'ladi.

Tashqi ko'rinishi

Oshxonangizda joy yetarlicha bo'lsa, 5 ta konforkali yoki 4 ta konforkali gaz plitasi interyerga qo'shimcha ko'rk beradi.

Bundan tashqari:

Uzoq muddatli kafolatga ega.
Raqamli sozlamalar yetarlicha.
Plitaning duxovkasi biokeramika qoplamali bu esa yuzani oson tozalash hamda 99% bakteriyalardan himoyalash demakdir.

Agar gaz plitaning pishirish yuzasi qulay gaz va elektr konforkalar bilan jihozlangan bo'lsa, gaz o'chganida elektr tokidan foydalanish imkonini beradi, yoki aksincha, chiroq o'chganda ham bemalol foydalana olasiz.

Telegram Instagram
Facebook Twitter Youtube