Get Mystery Box with random crypto!

#Mutaxassis_vaqti Savol: — Yangi oshxonaga Artel dudbo‘roni | Artel Matbuot xizmati


#Mutaxassis_vaqti

Savol:
— Yangi oshxonaga Artel dudbo‘roni o‘rnatmoqchi edim. Quruvchi ustalar: "O‘zingizga qulay qilib joylashtirib olavering", — deyapti. Aslida, gaz plitasi va dudbo‘ron orasidagi masofaning standart o‘lchami bormi?

Abduvohid, Yuqori Chirchiq tumani

Javob:

— Xalqaro standartlarda belgilangan masofa bor. Havo tortish qurilmasidan gaz plitasigacha minimal masofa 75 sm, elektr plitagacha 65 smni tashkil qilishi kerak. Agar dudbo‘ronni gaz plitadan juda baland o‘rnatsangiz, foyda bermaydi. Masofa yaqin bo‘lsa, tezda ishdan chiqadi. Havo tortish qurilmasini o‘rnatish va undan foydalanish oldidan maxsus yo‘riqnomani o‘qib chiqishni tavsiya etamiz.

Safarali Ahmadov,
Artel kompaniyasi Dudbo‘ron ishlab chiqarish korxonasi texnologi

| Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | Youtube |