Get Mystery Box with random crypto!

#texnika_texnologiya_innovatsiya Endi smartfonlarning to‘liq | Artel Matbuot xizmati

#texnika_texnologiya_innovatsiya

Endi smartfonlarning to‘liq zaryad olishi uchun 9 daqiqa kifoya

Smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar endi o‘rtamiyona smartfonlarni ham 120 vatt quvvat bilan ta’minlashmoqda. Shuningdek, smartfonlar 200 vattdan ortiq quvvatga ega bo‘ladi.

Oppo kompaniyasi 150 vatt quvvatga ega zaryadlovchi qurilma ustida ishlamoqda. Laboratoriya sharoitida u 4500 mA/soat akkumulyatorli qurilmani 5 daqiqada 50% gacha quvvatlaydi va to‘liq quvvatni to‘ldirish uchun 15 daqiqa vaqt ketadi.

150 vattli SuperVOOC quvvatga ega birinchi smartfon iyun-iyul oylarida chiqariladigan OnePlus qurilmasining bir turi bo'ladi.
Ammo bu hali hammasi emas. Oppo SuperVOOC ni 200 Vt yoki undan ko'proqqa oshirish ustida ishlamoqda. Kompaniya hatto 240 Vt prototip tizimiga ega! Bunday holda, to'liq quvvat olish uchun bor-yo'g'i 9 daqiqa, zaryadning yarmini to'ldirish uchun esa atigi 3 daqiqa kerak bo'ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
|Telegram|Instagram|
|Facebook|Twitter|Youtube|