Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi | CULTURE and ART GRANTS

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini oshirish, oliy o'quv yurtlaridagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularga imkoniyatlar yaratish hamda talabalik nufuzini oshirib, rag'batlantirish maqsadida "Yil talabasi" tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi:
Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi;
Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi;
Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
Yilning eng faol sportchi talabasi;
Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
Yilning eng faol ijodkor talabasi;
Yilning eng faol tadbirkor talabasi;

Tanlov 2 bosqichdan iborat:

1. Oliy ta'lim muassasasi bosqichi (fakultetlararo va oliy ta'lim muassasasi miqyosida) – joriy yilning oktabr oyida.

2. Respublika bosqich – noyabr oyida.

Ushbu tanlovda oliy ta'lim muassasasida akademik ta'tilsiz kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Batafsil NIZOM bilan tanishib chiqing

Ishtirok etmoqchi bo'lganlar o'zlari tahsil oladigan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosariga murojaat qilishlari mumkin.

CULTURE and ART GRANTS