Get Mystery Box with random crypto!

O'ZBEKISTON INNOVATSION TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH ASSOTSIATSIYAS | CULTURE and ART GRANTS

O'ZBEKISTON INNOVATSION TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH ASSOTSIATSIYASI VA O'ZBEKISTON NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINI QO'LLAB QUVVATLASH JAMOAT FONDI HAMKORLIGIDAGI "YOSHLAR INNOVATSION TASHABBUSLARI" STARTAP TANLOVI!

14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar uchun innovatsion g'oyalar va loyihalar ko'rik tanlovi.

Ushbu tanlovda ishlab chiqilgan startap egalari ham, tayyor mahsulotga ega bo‘lmagan va o‘z loyihasini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar ham o'z g'oyalari bilan ishtirok etishi mumkin!!!

Tanlov davomida ishtirokchilar uchun Startap sohasidagi tajribali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari olib boriladi.

Tanlov yakunida, barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari, Startap va innovatsion biznes ko'nikmalari bo'yicha kurs materiallari, futbolka hamda sertifikatga ega bo'lishlari mumkin!

Top 20 talikka kirgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg'alar hamda 3 oylik o'quv kurslari uchun bepul yo'llanmaga ega bo'ladi.

Startaplar mavzulari:

gender tengligi;
zamonaviy texnologiyalar;
iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash;
sifatli ta’lim;
munosib ish va iqtisodiy ma’lumot;
tengsizlikni kamaytirish;
Sog‘lik va salomatlik.



Tanlov o'zbek tilida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish 30-sentabrgacha shu havola orqali davom etadi:

https://forms.gle/q9MRcpnYtk4VK8JB8

Savol va murojaatlar uchun:

+998935499379

Info@uzitra.uz

T.me/UZITRA