Get Mystery Box with random crypto!

#Diqqat_tanlov Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikning ol | CULTURE and ART GRANTS

#Diqqat_tanlov

Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikning oldini olishga qaratilgan eng yaxshi videoroliklar tanlovi o'tkaziladi

Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura hamda Adliya vazirligi hamkorlikda respublikada xotin-qizlar tomonidan shaxsga qarshi qaratilgan, o'zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog'liq bo'lgan jinoyatlarni, shuningdek xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonliklarning oldini olishni targ'ib qiluvchi “Eng yaxshi videorolik”lar tanlovini e'lon qiladi.

Tanlovda barcha yoshdagi fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga materiallar 10-noyabrgacha (shaxsga doir ma'lumotlarni ilova qilgan holda) qabul qilinadi.

Tanlov g'oliblari (1-, 2-, 3-o'rin) qimmatbaho sovg'alar bilan munosib taqdirlanadi.

Shuningdek, tanlovda quyidagi nominatsiyalar uchun ham pul mukofotlari beriladi:

“Eng yaxshi operatorlik ishi uchun”;
“Eng yaxshi videomontaj uchun”;
“Eng yaxshi infografika uchun” .


Batafsil videorolikda

CULTURE and ART GRANTS