Get Mystery Box with random crypto!

#GRANT O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan ta | CULTURE and ART GRANTS

#GRANT

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar uchun bir o‘quv yili davomida shartnoma to‘lovini qoplab beruvchi grant.

Tanlovda ham bakalavriat, ham magistratura talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Grant dasturining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilar:

Boshqaruv mahorati
• Obida va muzey ashyolarni qayta tiklash va saqlash
• Me’morchilik
• Madaniy sayyohlik
• Grafik dizayni
• Tasviriy san’at
• Muzeyshunoslik
• Raqs san’ati


Tanlov ikki bosqichdan iborat: birinchi bosqichda da’vogarlar ishtirok etish uchun www.acdf.uz veb sahifasida ariza topshiradilar.

G‘oliblar ikkala bosqich natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng 10 ish kuni ichida g‘oliblar bilan shartnoma tuziladi. Yillik shartnoma to‘lovi qiymatiga teng grant stipendiya sohibi/sohibasi tahsil olayotgan universitet hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Oxirgi muddat: 30.09.2022

Batafsil


CULTURE and ART GRANTS