Get Mystery Box with random crypto!

Ukamga tabrik she'r Orzularing bajo aylasin egam. Umring uzun | 👍👍A'LO KAYFIYAT SOHIBASI 05 07✨

Ukamga tabrik she'r

Orzularing bajo aylasin egam.
Umring uzun bo‘lsin be kam.
Ostonangni yo‘qlab kelolmasin g‘am.
Qalbing hidoyatga to‘lsin Ukajon.
Baxtimga omon bo‘l sog‘ bo‘l har qachon!

Bilgin yuragimga juda yaqinsan,
Qalbim osmonida yongan chaqinsan,
Xayotga hamisha kulib boqqin san,
Qalbing go‘zallikka to‘lsin Ukajon,
Baxtimga omon bo‘l sog‘ bo‘l har qachon.

Otamdaysan boshimda bo‘lgin panohim,
Baxtu iqboling ko‘rayin iloyim,
O‘zing g‘animlardan asra Allohim,
Gul yuzing hamisha kulsin Ukajon,
Baxtimga omon bo‘l sog‘ bo‘l har qachon!

Madinabonu 2022. 18 сентябрь.

O‘qish ishalaringa omad va zafarlar tilayman umring uzoq risqing ulug‘ bo‘lsin ilohim baxtli saodatli bo‘lgin deb hurmat bilan opang

@ARSLONOVA_MADINABONU