Get Mystery Box with random crypto!

Zarafshon MFYda «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konsti | Arnasoy.Uz|Rasmiy kanal

Zarafshon MFYda «Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʼzimizniki» shiori ostida targʼibot tadbiri o’tkazildi.

Maʼlumki, mamlakatimizda 30 aprel kuni yangi Konstitutsiya boʼyicha referendum boʼlib oʼtadi.

Shu munosabat bilan tumanining korxona, tashkilot va muassasalari Konstitutsiya loyihasini aholiga tushuntirishga qaratilgan tadbirlar oʼtkazilmoqda.

Jumladan Arnasoy tumandagi Zarafshon MFYdagi 3-sonli umumtaʼlim makatabida ham shunday tadbir boʼlib oʼtdi. Unda maktab oʼqituvchilari va ota-onalari ishtirok etishdi.

«Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʼzimizniki» shiori ostida targʼibot tadbiri davomida tarbiyalanuvchilari tomonidan kontsert dasturi ham namoyish etildi.

arnasoy.jizzax.uz https://bit.ly/3KlSvB1

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
RASMIY SAYT |TELEGRAM |FACEBOOK |YOUTUBE |INSTAGRAM | MUROJAAT