Get Mystery Box with random crypto!

'Nega Ayolga dard beraveramiz'..... Goh g'iybat qilamiz gohi | ИСЛОМ ҚАЛБ ДАВОСИ🌙🍀

"Nega Ayolga dard beraveramiz".....


Goh g'iybat qilamiz gohida tuxmat.
Lekin shunda ham Mard bo'laveramiz.
Ojiza bechora yutgani minnat.
Nega "Ayol"ga Dard beraveramiz.

Halolim deymizu hayolda janon.
G'amini yeymizu tutamiz Hijron.
Axir ado bolib bormoqda bu jon.
Nega ayolga dard beraveramiz.

Sochi uzun aqli kalta emishmu.
Sabri ojiz qadri qilcha emishmu.
Zinoni kasb bilgan bizlar emasmu.
Nega ayolga dard beraveramiz.

G'am yutsak alamni yengadi sharob.
Yoki bir mashuqa tutadi gulob.
O'zin yeb ojiza qiladi harob.
Nega ayolga dard beraveramiz.

Ilonsanda deya zarda qilamiz.
Makorasan deya tana qilamiz.
Ammo unday emas yaxshi bilamiz.
Nega ayolga dard beraveramiz.

Shohizamon ko'zing ochgin kattaroq.
Qovrulgan shaytonni esla yaxshiroq.
Momo havo behabar edi eslasang.
Odam Ato yegan go'shtini ko'proq.

Goh g'iybat qilamiz gohida tuxmat.
Lekin shunda ham mard bo'laveramiz.
Ojiza bechora yutgani minat.
Nega Ayolga derd beraveramiz.

@Kz_idea l O'zgacha Jamiyat