Get Mystery Box with random crypto!

Dili boshqa odamlarning ozoridan charchadim, Soxta mexr sotadi | ИСЛОМ ҚАЛБ ДАВОСИ🌙🍀

Dili boshqa odamlarning ozoridan charchadim,
Soxta mexr sotadigan bozoridan charchadim.
Yuragim toʻlib ketdi xasratu anduxlarga,
Shu xasratim koʻmilgan mozoridan charchadim.

Pichoqqa sop boʻlolmas man xanjarman deydilar,
Sherman deb koʻksin kerar Quyonga oʻxshaydilar.
Tongda gʻaflat uyquda tunda kezar daydilar,
Zurman degan gʻoʻrlardan bezoridan charchadim.


Mansab puling bolganda oshnalaring topilar,
Doʻstingman deb makrini qirq tuyaga yuk qilar.
Seni omi gul bilib oʻzini olim bilar.
Doʻstman degan doʻstlarning ozoridan charchadim.


Gʻubor bplar baxona yoshim oqsa betinim,
Dardim sigʻmas dunyoga ginalar qilsa inim.
Aytaversam xali koʻp tugamaydi oʻtinchim,
Jigarlarni ayirgan beorlardan charchadim.

Chaman degan chullarning sarobidan charchadim,
Koʻzi ochiq koʻrlarning xarobidan charchadim.
Charchaganman gʻiybatdan malomatdan charchadim,
Xayot beshavkat ekan buni yashab angladim.

Dili soxta odamlarning ozoridan charchadim.....

@Kz_idea l O'zgacha Jamiyat