Get Mystery Box with random crypto!

Rost gapirib yig'lating mayli.. Yolg'on bilan chalg'itmang.. O | ✿𝗛𝗔𝗬𝗔𝗧✿ | 𝗥𝗮𝘀𝗺𝗶𝘆!

Rost gapirib yig'lating mayli..
Yolg'on bilan chalg'itmang..
O'z o'ziga yetadi dardim..
Yuragimni og'ritmang bo'ldi...

Yomon bo'lsam tepkilab keting..
Eplasangiz turtkilab keting..
Yuzimga loy surtkilab keting..
Yuragimni og'ritmang bo'ldi...

Kimligingiz bildirib qo'yib..
Ishni tagdan tindirib qo'yib..
Ishonchimni sindirib qo'yib..
Yuragimni og'ritmang bo'ldi...

Mung tishlaydi tilim benajot..
Ammo ichda dil yig'laydi dod..
Boshim kesing bo'lsangiz jallod..
Yuragimni og'ritmang bo'ldi...

G'amlar ortda qolishsin endi..
Yonsa dardlar yonishsin endi..
Baxt bilan ham tanishsin endi..
Yuragimni og'ritmang bo'ldi...

Yuzakiga xurmat qilmanglar..
Ortimdan so'ng g'iybat qilmanglar..
Yaralangan qalbim tilmanglar..
Yuragimni og'ritmang bo'ldi...

Muallif #ThefurywOw

@MAZMUNSIZ_HAYAT Eng sara statuslar kanali...