Get Mystery Box with random crypto!

DILYORA 34-QISM --Doktot bola tirik nafas olyapti. -Zudlik bi | 💖 Yuragimdasan Sevgilim🌹🍃

DILYORA
34-QISM

--Doktot bola tirik nafas olyapti.
-Zudlik bilan jonlantirish bo'limiga olinsin.
-Mo'jiza Ollohning mo'jizasi bu.

-Nima bo'ldi doktor Dilyora yaxshimi.
-Ming shukur hammasi ortda qoldi. Eng ajoyibi nima boldi bilasizmi chaqaloq tirik tug'uldi.
Hozirda jonlantirish bo'limida.
-Men..uni ko'rsam bo'ladimi.
-Mayli sizga ruhsat dadasi bolganingiz uchun.
Faqat kop qolmaysiz
-Hop.

Aziz xonaga kirdi. O'rtadagi vakkumli kravat ichida mittigina bir parcha et yotardi. Sochlari qop qora. Og'ziga shlankalar bilaklariga ham rezinalar ulab tashlangan.
Aziz uni ko'rib yig'lab yubordi. Barakalla polvon. Kurash mag'lub bo'lma. Onang uchun ham kurash. Sen albatta yashaysan. Sen kuchlisan. Shu onda chaqaloq bir qimirlab qoydi. Hamshira qiz kelib vaqt tugaganini va chiqishi kerakligini eslatdi.

Dilyora ikki kun deganda o'ziga keldi. Ko'zlarini zo'rg'a ochdi . Gapirishgada holi yoq.
-Yon atrofga qaradi. Hech kim yoq bir o'zi.
-Bola...bolam qani...qani u.
Shu on holsizligini ham unutib bor ovozda baqirdi.
-O'zingizni bosing sizga mumkinmas.
-Bolam..meni bolam qani..
-U boshqa xonada.
-Aldayallpsizlar hali bor edi hali erta edi. Topib bering uni qani u.
-Iltimos bolangizni ahvoli yaxshi tinchlaning.
-Nima gap nima bo'ldi.
-Aziz aka bola..bolam yoq qani u.
-Dilyora u boshqa xonada.
-Yoq siz ham aldayapsiz.
-Hohlasang biroz turib uni ko'rasan maylimi.
-Aldamayapsiza.
-Yoq nega aldayman.
Dilyora biroz tinchlanib yonida o'tirgan AziZni yelkasiga bosh qoydi.
-Bilaszmi faqatgina u uchun yashayotgandim. Agar u ham meni tashlab ketsa men ham...
-Boldi bu hayollarga borma hammasi yaxshi boladi.
**
-Mahmud jinni bolib qolibsan.
-Aslan meni majbur qilma.
U ayolga hech kim hech narsa qilmaydi.
-U bizni sotgan.
-Yoq baribir kim unga yaqinlashmoqchi bo'lsa qarshisida meni ko'radi.
-Mayli Mahmud sen aytgancha bo'laqolsin.
-Men anavi marazlarni qutqaraman. Evaziga uni havfsizligini taminlaysan.
-Kelishdik.
Mahmud chiqib mashinasiga o'tirdi
Ilk bor qilgan ishidan pushaymon bo'ldi. U qanday aka bo'ldiki ukasini oilasi buzilishiga hatto ukasini o'limiga sababchi bo'ldi sal qolsa ikki insonni qotiliga ham aylanardi.
Lekin bir narsaga tushunmayapman. Ular qanday birga bo'lib qolishdi. Yoki oyim aytgan gaplar rostmikin. Bilmadim Dilyora bunday ishga qo'l urolmaydi.

**
Dilyoralar shifoxonadan chiqadigan kun ham keldi. Aziz huddi o'z farzandini olib chiqayotgandek olib chiqdi ularni. U vada bergandi boshqa yig'lamayman deb. Ammo yana ko'ngli buzildi Javohirni esladi. Aziz ham uni tushunib indamadi.
Mahbuba opa ham xursand . Boshida rosa ikkilangandi. Laylo noto'g'ri tushunmasmikin deya. Ammo ko'z tegmasin Dilyorani huddi o'z opasidek ko'radi. Ohirigacha shunday bi'lib qolsin ilohim.


Davomi bor ...

@Armonimsan_sevgilim