Get Mystery Box with random crypto!

DILYORA 31-QISM. -O'rtoq mayor Dilyora Yunusova keldi. -Juda y | 💖 Yuragimdasan Sevgilim🌹🍃

DILYORA
31-QISM.
-O'rtoq mayor Dilyora Yunusova keldi.
-Juda yaxshi kirsin.
-Assalomalekum.
-Marxmat keling o'tiring
Hozir sizga beradigan savollarim bilan yarangizni yangilashim mumkin. Bu ish yuzasidan. Bizni to'g'ri tushunasiz degan umiddaman.
-Mayli bemalol savollaringizga javob beraman.
-Bilishimizcha to'rt yarim yil avval uydan chiqib ketgansiz. Keyin esa yana birga yashay boshladingiz. Buni biror jiddiy sababi yoqmidi.
-Yoq shunchaki farzandsizlik sabab uydan chiqib ketganman. Keyin taqdir taqozosi bilan yana yo'llarimiz tutashdi. Farzand ham berdi ollohim faqat...
-Eringizni dushmanlarimi yoki shunga yaqinroq biror insoni bormidi.
-Bilmadim bundan xabarim yoq.
-O'sha kuni mashinani uyingizga tashlab ketishdi . Buni tasdiqlaysizmi.
-Ha shunday bo'ldi.
-Singlim sizga bir gap aytaman. Faqat o'zingizni qo'lga oling. Bo'lib o'tgan voqea baxtsiz hodisa emas uyishtirilgan qasddan qilingan jinoyatga judayam yaqin. Shuning uchun har bir malumot biz uchun suv va havodek zarur.
Dilyora o'ylanib qoldi qanaqasiga jinoyat bo'lishi mumkin deya.
-Hozir bizni qo'limizda birgina gumondor shaxs bor. Lekin dalillar yetarli emas. U o'sha mashina tamirlangan avtoservizning egasi. Ismi Baxodir. Hamma uni Baxa deb chaqiradi.
-Dilyora ismni eshitib tok urgandek bo'ldi. Rangi oqarib ketdi. Miyasiga kelgan o'ydan yuragi ortga tortib ketdi.
-Singlim yaxshimisz.
-Uni..rasmi ...rasmi bormi sizda.
-Kimni.
-O'sha aytgan odamingizni.
-ha bor taniysizmi uni.
-Korsam boladimi.
-Albatta mana u.
Huddi o'zi. Dilyora gapirolmay hushini yoqotishiga oz qoldi.
-Suv olib keling.
Singlim nima bo'ldi sizga.
-Javohir akamni o'ldirishgan..
U tinmay shu so'zlarni takrorlardi. Dilyorani o'ziga kelishi uchun yyarim soat ketdi.
-Endi bir boshidan ayting o'zi nima bo'lgandi.
Shundan keyin Dilyora hammasini aytib berdi.
-Ehh attang. Nega avvalroq xabar bermadingiz.
U qizlarga nima bo'ldi. Uch oydan beri qidiruvda ular.
-Ular menimcha o'lishdi. Vaxshiylarcha o'ldirildi. Xabar bermoqchi bo'ldik ammo taxdid qilishdi. Buni faqat men kordim. Agar jim yurmasam turmush o'rtog'imni o'ldirishlari yozilgandi.
Mayor o'sha zahoti telefondan kimgadir xabar berib Sarvar ismli shaxsni ham zudlik bilan olib kelishlarini buyurdi. Dilyora rasmda uni ham tanidi.
Ketar chog'ida esa.
-Iltimos vaqtinchalik tashqariga chiqmang yolg'iz ham yurmang. Biror hafli narsani sezsangiz bizga xabar bering.
Ular uyushgan to'da bular bir bo'lagi holos ehtiyot bo'lishimiz kerak.
Ammo bu gaplarni birortasi ham Dilyorani qulog'iga kirmadi. Sudralgancha chiqib ketdi.
Nahotki o'ldirishgan. Meni deb bo'ldi. Birgina xatoyimni deb bir insonni umri zavol topdi. Endi men qanday yashayman. Kechiring Javohir aka kechiring. Meni deb boshingiz balodan chiqmadi. Dilyora o'sha atrofdagi stollardan biriga o'tirdi. Mashina ichidagi Javohirning ahvolini ko'z oldiga keltirib yig'lab yubordi.

Zudlib bilan ustaxonaga yetib borgan zobitlar u yerdan Sarvarni topa olishmadi. Aslida esa uni boshqasi ilib ketishga ulgurgandi.

DAVOMI BOR


@Armonimsan_sevgilim