Get Mystery Box with random crypto!

Eng shirin hislarim senga atalgan, Yuragingga kirsam so'zlarim | Armonginam💔❤️‍🩹🥀

Eng shirin hislarim senga atalgan,
Yuragingga kirsam so'zlarim bilan,
Ismingni takrorlab charchamaydigan,
So'zlarim uchun ham sog'indim seni!

Ko'zlarim o'rgatib ko'zlaringga sen,
O'rgatib qo'ygansan o'zginangga sen,
Bugun muzlab muzlab sensizlikda men,
Ko'zlarim uchun ham sog'indim seni!

Jonimga ishq bo'lib kirgansan netay,
Bu darddan bosh olib qayga ham qochay?
Seni ham ishq degan o'tlarda yoqay
Shu ishqim uchun ham sog'indim seni!

Tonglarni kutardim bo'lib intizor
Seni bir ko'rmoqlik umidiga zor
Tong kutib, tunlarni o'tkazib bedor
Tonglarim uchun sog'indim seni!

Seni armon uchun sevgan edimmi,
Hijronlarga solding bir so'z dedimmi?!
Shuncha chekkan ohim bekormi, kammi,
Ohlarim uchun ham sog'indim seni!

Mohsanki qalbimda ohlar chekaman,
Yo'qsanki o'zimdan butkul tonaman,
Sensiz dunyolarda qanday qolaman,
Sevgan ruhim xaqqi sog'indim seni!

Umrim o'tib borar daryo misoli,
Bir zum tark etmaydi diydor xayoli,
Nima bo'lsa hamki ko'narman mayli,
Qolgan umrim haqqi sog'indim seni
@Dilimdagi_sozlarimm