Ramazon oyining roʻzasini tutish vojib ,yana dinimiz ruknlarid | ❤️𝗔𝗥𝗔𝗕𝗜𝗬𝗔𝗠_𝗦𝗧𝗨𝗗𝗜𝗢❤️
Ramazon oyining roʻzasini tutish vojib ,yana dinimiz ruknlaridan bir rukndir.
Alloh taolo aytadi:{Ey iymon keltirganlar sizlardan ilgargilarga farz qilingani kabi sizlarga ham roʻza tutish farz qilindi shoyad taqvodor boʻlsangiz} [Baqara surasi 183]
Alloh taolo aytadi:{Kim bu oyga yetsa ro'za tutsin} [Baqara surasi 185]
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:Islom 5 narsa ustiga qurilgandir,
. Allohdan boshqa haq mabud yuqligiga va Muhammad sollallohu alayhi va sallam U Zotning Payğambari va bandasi ekanligiga guvohlik berish.
. Namozni toʻkis ado qilish.
.Zakot berish.
.Haj qilish.
.Ramazon oyi roʻzasini tutish.(Muttafaqun alayh)