Get Mystery Box with random crypto!

​​YouTube obunachilarimiz soni 40 mingdan oshdi! Shu paytga | Arabiy Kanal

​​YouTube obunachilarimiz soni 40 mingdan oshdi!

Shu paytga qadar kanalni biror joyda reklama qilmaganmiz. Lekin odamlarning o’zi shunchalik darajaga chiqarishdi. Oddiygina bir kanal uchun 40 ming juda katta raqam.

Faoliyatimiz 1-2 kishiga bog’liq bo’lganligi uchun hozirda to’xtab qolgan. Lekin davom etib, kattaroq shaklga chiqarish niyatimiz yo’q emas.

Telegraf orqali, kanalga kelib tushadigan bir necha izohlarni keltiraman, o’qib bir maza qiling Kelib tushgan izohlarni o’qib odam maza qiladi, kayfiyati ko’tariladi. Izohlarning barchasi ijobiy, bularni ko’rsatishdan maqsad maqtanish yoki boshqa biror illat emas, balki, bu kabi kontentni rivojlantirishga undashdir.

Izohlardan namunalar (oxirgi kelib tushganlaridan namunalar oldim faqat)

Obunachilarimizga alohida rahmat aytamiz!

Quyida kanaldagi playlistlarga havola keltiraman, tanishib chiqsangiz bo’ladi.
1. Boshlang’ich arab tili: 1-bo’lim
2. Boshlang’ich arab tili: 2-bo’lim
3. Qurʼon o‘qishni o’rganish uchun videodarslar
4. Mulk surasining o’qilishi
5. «Bolalar uchun payg‘ambarlar qissasi» kitobi 1-juzining to‘liq tarjimasi
6. Shayx Abdulhamid Kishk rohmatullohi alayhi maʼruzalaridan qisqa tarjimalar
7. Muhammad Rotib an-Nabulsiy ma’ruzalaridan qisqa tarjimalar
8. Mutolaa uchun hikoyalar
9. Duolarning o’qilishi

YouTube kanalimiz: https://www.youtube.com/c/ArabiyKanal