Get Mystery Box with random crypto!

Arab tiliga doir agar sizda faqat uchtagina blogni kuzatish y | AT | ARABIC

Arab tiliga doir agar sizda faqat uchtagina blogni kuzatish yoki uchta blogni to'liq o'qib chiqish imkoni bo'lsa qaysi bloglarni kuzatgan bo'lardingiz?

Men sizga Ustozimiz Sirojiddin domlaning @arabic_burhan kanallaridagi barcha materiallarni sinchkovlik bilan o'rganib chiqishni, Ustozimiz Shamsuddinxon akaning @Bayanul_lisan bloglaridagi nahv, balog'at, mutolaa darslarini barchasini qo'lga astoydil qog'oz qalam olib tinglab, o'rganib borishni va shuningdek, Ustoz @AsroriddinDjalilov domlaning mantiq, balog'at, nahv darslarini o'zlashtirishingizni tavsiya qilgan bo'lardim.

Bu bloglarda bizga o'xshagan choyxona kanallardan farqli o'laroq haqiqiy ilm, tavsiya va maslahatlar beriladi.

Arab tilini nafaqat zamonaviy, balki mumtoz yo'nalishda puxta o'zlashtiraman deganlar uchun mo'ljallangandek go'yo.

Ayniqsa mustaqil o'rganish uchun juda qulay.

Foydasi tegsa ustozlarni va bizni ham haqqimizga bir duo qilib qo'yarsiz.

Juda bo'lmasa do'stu birodar, qavmu qarindosh, talabalar, tolibi ilmlar, cefrchilar kabi guruhlarda ulashib yuborsangiz yanada xursandmiz.

@arabictadriys bilan hayotning yorqin tarafida bo'ling. (Beeline ham salomat bo'lsin .)

https://t.me/arabictadriys