Get Mystery Box with random crypto!

Bir kishi Hasan Basriy rahmatullohi alayhning oldilariga kelib | arabcha_islomiy_statuslar

Bir kishi Hasan Basriy rahmatullohi alayhning oldilariga kelib: “Ey imom, qanday qilib dunyoda zohidlikka erishdingiz?” deb so‘radi. Shunda buyuk tobein:

“Quyidagi to‘rt narsa bilan:

1. Rizqimni mendan boshqasi olmasligini bildim. Shuning uchun qalbim xotirjam bo‘ldi.

2. Amalimni mendan boshqasi kelib, o‘rnimga qilib bermasligini bildim. Shuning uchun amal qilishga o‘zim mashg‘ul bo‘ldim.

3. Alloh meni ko‘rib turganini bildim. Shuning uchun U zot meni gunoh ustida ko‘rishidan hayo qildim.

4. O‘lim meni kutib turganini bildim. Shuning uchun Robbimga yo‘liqishga ozuqa tayyorladim” deb javob bergan ekanlar.