Get Mystery Box with random crypto!

Hoy, ilming ziyoda bo‘lgur, qadrdon! Arab tilida o‘qishni qoyi | Reklama

Hoy, ilming ziyoda bo‘lgur, qadrdon! Arab tilida o‘qishni qoyil qilganingdek, arabcha uqishni ham qoyillat endi!

Bu tilni (ixlos ila) o‘rganish orqali:

- Aqlingni ishlata boshlaysan!
• “Biz uni arabiy Qur’on etib nozil qildik. Shoyadki, aql ishlatsangiz”.
(Yusuf surasi, 2-oyat)

- Zehningni charxlaysan va mard bo‘lasan!
• “Arab tilini o‘rganinglar. Chunki u aqlni mustahkamlaydi va oliyjanoblikni ziyoda qiladi”.
(Umar ibn Xattob roziyallohu anhu)

- Diyonatli bo‘lasan!
• “Arab tilini o‘rganinglar. Chunki u diningizdandir”.
(Umar ibn Xattob roziyallohu anhu)

- Mas’uliyatni his etasan!
• Umar ibn Xattob Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhuga xat yozib shunday deganlar: “Ammo ba’d. Sunnatda faqih bo‘linglar va arab tilida ham faqih bo‘linglar”.
(Faqih - biror narsani nozik joylarigacha biluvchi)

- Imtiyozga ega bo‘lasan!
• “Kim bizning masjidimizda arab tilidan boshqasida gapirsa, masjiddan chiqarib yuboriladi”.
(Imom Molik rohimahulloh)

- Ulkan xazinaning kalitini qo‘lga kiritasan!
• “Kim nahvni chuqur o‘rgansa, boshqa ilmlarga yo‘l topadi”.
(Imom Shofe’iy rohimahulloh)

- Usulni tushuna boshlaysan!
• “Mendan so‘ralgan birorta fiqh masalasi yo‘qki, unga nahv qoidalaridan javob bermagan bo‘lsam”.
(Imom Shofe’iy rohimahulloh)

- Har tomonlama yuksalasan!
• “Bilginki, (arab) tilini o‘rganish aqlga, dinga va axloqqa kuchli hamda aniq-ravshan ta’sir ko‘rsatadi”.
(Ibn Taymiyya rohimahulloh)

- Qur’onni anglaysan!
• “Qur’on fazlini faqatgina arablarning gaplarini, lug‘at, arab tili va bayon ilmini bilgan hamda arablarning she’rlariga nazar solgan kishigina biladi”.
(Ibn Qoyyim rohimahulloh)

- Xatodan saqlanasan!
• “Bularning hammasi (arab) tilini va sunnatni bilmaslikdir”.
(Qurtubiy rohimahullohning tafsirlarida biror qarashga raddiya bermoqchi bo‘lganlarida eng ko‘p aytgan gaplari)

- Maqtalasan!
• “Sarf, nahv va lug‘at ilmini bilish mujtahidning shartlaridandir”.
(Ansoriy Hanafiy rohimahulloh)

- Rohatlanasan!
• “Allohga qasamki, men uchun fors tilida maqtalishimdam ko‘ra, arab tilida mazah qilinishim sevimliroq”.
(Abu Rayhon Beruniy rohimahulloh)

- Shuncha payt nimasiz yashaganingni tushunasan!
• “U (arab tili) tillar orasida barcha kamchiliklardan pok va barcha xunukliklardan oliydir. Arab tili tillarning eng o‘rta yo‘lli va eng ko‘p so‘zlisidir”.
(Abu Nasr Farobiy)

𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍𝒅𝒂𝒏 𝒏𝒊𝒎𝒂𝒅𝒊𝒓 𝒚𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊 𝒏𝒂𝒓𝒔𝒂 𝒕𝒐𝒑𝒔𝒂𝒏𝒈𝒊𝒛, 𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉 𝒇𝒂𝒛𝒍𝒊𝒅𝒂𝒏 𝒅𝒆𝒃 𝒃𝒊𝒍𝒊𝒏𝒈. 𝑵𝒆𝒌𝒊 𝒌𝒂𝒎𝒄𝒉𝒊𝒍𝒊𝒌𝒍𝒂𝒓 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒂, 𝒌𝒂𝒎𝒊𝒏𝒂𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒆'𝒕𝒊𝒃𝒐𝒓𝒔𝒊𝒛𝒍𝒊𝒈𝒊𝒈𝒂 𝒚𝒐'𝒚𝒊𝒏𝒈...

@ARAB_TILI_ARABCHA