Get Mystery Box with random crypto!

O'zingizga bo'lgan ishonchni orttiradigan 10 ta maslahat 1. T | Reklama

O'zingizga bo'lgan ishonchni orttiradigan 10 ta maslahat

1. Tayyorgarlik ko'ring. Inson qachongi bir ishga puxta tayyorlanib, kerakli bilimlarni olib keyin ishni boshlasa, o'ziga ishonchi yuqori bo'ladi.

2. O'zingiz bilan har doim haqqoniy munosabatda bo'ling. O'z kamchiliklaringizni boringizcha qabul qiling.

3. Sport bilan shug'ullaning. Inson o'zini tashqi ko'rinishidan qoniqsa o'ziga bo'lgan ishonchi ham yuqori bo'ladi.

4. Komfort zonadan chiqing. Inson komfort zonada yashasa, u rivojlanishdan to'xtaydi. Komfort zonadan tashqarida, qiyinchilikda yashagan insonni esa doim o'ziga ishonchi baland bo'ladi.

5. Tashqi ko'rinishingizni o'zgartirib turing. Kiyim, soch turmagi, oyoq kiyimlaringizni vaqt-vaqti bilan o'zgartirib turing. Hayotingizga rang-baranglik qo'shing.

6. O'tmishdagi g'alabalaringizni eslang. Tushkunlikka tushib bir ishni uddalay olmagan paytingizda o'tmishdagi g'alabalaringizni eslang. Bu sizga o'zgacha ruh bag'ishlab, ishonchni orttiradi.

7. Qaddingizni tik tuting. Inson qachonki qaddini tik tutib gapirsa, nutqi ham ishonch bilan chiqadi. Har doim qaddingizni tik tutishga odatlaning.

8. O'zingizni boshqalar bilan solishtirmang. O'zingizni hozirgi natijangizni boshqalar bilan solishtirsangiz, bu sizni katta ishonchsizlikka yetaklashi mumkin.

9. Bu dunyoda hech kim ideal emasligini tushuning. Ya'ni atrofdagi barchada kamchiligi bor. Sizda ham qanaqadir kamchilik bo'lsa, hech qachon o'zingizga bo'lgan ishonchni yo'qotmang. Hech kim ideal emas.

10. Atrofingizga to'g'ri insonlarni to'plang. Atrofingizdagi insonlar sizga motivatsiya berib, sizni qo'llab quvvatlashi kerak. Ushbu faktor ham sizni tushkunlikka tushmasdan, o'zingizga bo'lgan ishonchni saqlab qolishda katta rol o‘ynaydi.
(Pulatov Jahongir)

Tepadagi ma‘lumotlarning ba‘zilari haqida keyinchalik ko‘proq ma‘lumot berishga harakat qilaman.

Biror nima oʻrgangan boʻlsangiz, buni yaqinlaringizga ham ulashing.

Foydali @mandatlar_1_robot

@Abituriyentlar_Edu Abituriyentlar tanlovi.