Get Mystery Box with random crypto!

Qurʼonni yodlashning asosiy shartlari va umumiy qoidalari Bu | Reklama

Qurʼonni yodlashning asosiy shartlari va umumiy qoidalari

Bu bobda Qurʼonni yodlashga ahd qilgan talabalarga asqotadigan asosiy qoidalarni va ularning eng muhimlarini keltirib oʻtamiz,

Birinchi qoida. Alloh taolo Qurʼonni yodlashga tolibi ilmning qulfi dilini ochib va unga tavfiq ato etishining siri bu ixlosdir.

Ikkinchi qoida. Yoshlikda olingan ilm toshga oʻyilgan naqsh kabidir.

Uchinchi qoida. Tolibi ilm Qurʼon yodlash vaktini belgilab olishi.

Toʻrtinchi qoida. Yodlaydigan joyni tanlab olishi.

Beshinchi qoida. Qurʼonni tartil bilan yodlashi va chiroyli qilib ohang bilan oʻqishi.

Oltinchi qoida. Qori Qurʼon yodlashda faqat bitta musʼhafdan foydalanishi.

Yettinchi qoida. Hofizi Qurʼon avval uni toʻgʻri oʻqishni oʻrganib, keyin yodlashni boshlashi.

Sakizinchi qoida. Qurʼonni puxta va mustahkam yodlash amaliyoti.

Toʻqqizinchi qoida. Yangi yodlagan suralarni takror qilishi.

Oʻninchi qoida. Qurʼonni muntazam va uzluksiz yodlashi.

Oʻn birinchi qoida. Sekin va puxta yodlashning shoshib yodlashdan afzalligi.

Oʻn ikkinchi qoida. Qurʼonni yodlash chogʻida keyingi suralarni yodlaganda adashib ketmaslik uchun oʻxshash oyatlarni eʼtibor bilan yodlashi.

Oʻn uchinchi qoida. Ustozi bilan har doim bogʻlanib turishi.

Oʻn toʻrtinchi qoida. Oyatlarni Qurʼonni kaysi betida joylashganiga ahamiyat berib, eʼtiborni kuchaytirishi.

Oʻn beshinchi qoida. Yodlashni kanda qilmasligi va gunohni tark etib, toat-ibodat bilan shugʻullanishi.

Oʻn oltinchi qoida. Yodlayotgan surasini tushunib yodlash bu mustahkam yod olishning yoʻlidir.

Oʻn yettinchi qoida. Qurʼon yodlashda ragʻbatni kuchaytirish va uni yodlashga undovchi narsa boʻlishi.

Oʻn sakkizinchi qoida. Qurʼon yodlashda Allohga kuchli duo va tazarru qilish bu muhim omildir.

"Qurʼonni qanday yodlaysiz"
kitobidan

𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍𝒅𝒂𝒏 𝒏𝒊𝒎𝒂𝒅𝒊𝒓 𝒚𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊 𝒏𝒂𝒓𝒔𝒂 𝒕𝒐𝒑𝒔𝒂𝒏𝒈𝒊𝒛, 𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉 𝒇𝒂𝒛𝒍𝒊𝒅𝒂𝒏 𝒅𝒆𝒃 𝒃𝒊𝒍𝒊𝒏𝒈. 𝑵𝒆𝒌𝒊 𝒌𝒂𝒎𝒄𝒉𝒊𝒍𝒊𝒌𝒍𝒂𝒓 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒂, 𝒌𝒂𝒎𝒊𝒏𝒂𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒆'𝒕𝒊𝒃𝒐𝒓𝒔𝒊𝒛𝒍𝒊𝒈𝒊𝒈𝒂 𝒚𝒐'𝒚𝒊𝒏𝒈...

@ARAB_TILI_ARABCHA