Get Mystery Box with random crypto!

Qur'on yodlashning yo'llari turlicha bo'lib ularning ba'zilari | Reklama

Qur'on yodlashning yo'llari turlicha bo'lib ularning ba'zilari bulardir:



1. Alloh uchun xolis bo'lishi, riyo ? xo'jako'rsinga bo'lib kolishidan saqlanish. Chunki qiyomat
kuni jahannam birinchi bo'lib, «Qori» deyilishi uchun Qur'on o'qigan kishi uchun qizdiriladi.
Sizning Qur'on o'qishdan maqsadingiz Allohdan bo'ladigan ajr-mukofot va quyidagi xadislarda
zikr qilingan martaba va darajalar bo'lsin!.
Oxiratda: «O'qi va yuqori darajaga ko'taril, dunyoda tilovat qilganing kabi tilovat kil,
sening manziling sen o'qib borib to'xtagan eng oxirgi oyat oldidadir», deyiladi. (Bu xadisni
Termiziy: 2914 va Abu Dovud: 1464 -xadisda Ablullox ibn Amr ibn al Os (roziyalloxu
anhumo)dan rivoyat qildilar).
Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam): «Sizlarning yaxshirog'ingiz Qur'onni o'rganib, uni
o'rgatgan kishidir», dedilar. (Bu xadisni Buxoriy 5027- xadisda Usmon (roziyallohu anhu)dan
rivoyat qilganlar).
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qilib, dedilar: Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam): «Odamlar orasida Alloh taoloning ahli bordir, — dedilar». YO Rasululloh
(sollallohu alayxi vasallam), ular kimlar? — deb so'radilar: Payg'ambar (sollallohu alayhi
vasallam): «Ular Qur'on ahli, Allohning axli va uning xos kishilaridir», deya javob
berdilar. (Ibn Moja sahih sanad bilan 215- hadisda rivoyat qildilar).
2. Zamonaviy yangi jihozlar va aloqa vositalaridan foydalanib toqatingizga qarab, mumkin
qadar qiroatni tuzatish. Biroq bular qiroatni yaxshi biladigan ustozdan bexojat qilolmaydi.
3. Yodlangan joylarni daftarga belgilab qo'yib, bir xafta, o'n kun yoki uzog'i bilan ikki
xaftaga bo'lib, uzuliksiz takrorlab turasiz, toki bu esda yaxshi saklanib qolsin.
4. (3 rakamda aytilganidek) Belgilangan kunlik o'tgan darslarni takrorlab bo'lgandan so'ng
yangisini yodlashga kirishing. Agar takrorni yaxshi qilmagan bo'lsangiz, yangi yodlashga kirishmang.
Bu sizga foydali va tez yodlashingiz uchun yaxshidir.
5. Yangi yodlaganingiz mustahkam bo'lishi uchun shu kunning o'zida kuchingiz yetganicha takror
kiling.
6. Yangi yodlaganingizni to'rt kun ketma-ket takror qiling, so'ng (3-rakamdagi) umumiy
takrorga qo'shib qo'ying.
7. Ozrok bo'lsa ham zerikish va malollanish xosil bo'lmaydigan miqdorda yodlang. Gap uzluksiz
davomli yodlashdadir. Chunki yo'lda to'xtamay yurgan manzilga yetadi, otining chopkirligiga
suyanib dangasalik qilgan odam manzilga ham yetolmaydi, otini ham halok qiladi.
8. Fakat bir xil Qur'ondan yodlang, uni boshqa nusxaga o'zgartirmang. Agar yozuvi katta-katta
bo'lsa, yodlash xatodan xolirok bo'ladi.
9. Yangi yodlaganingizni avvalgisi bilan bog'lang. Avvalgi darsning oxirgi oyatini yangi
yodlangan darsning bosh oyati bilan doimo bog'lab keting.
10. Agar arab tilini bilsangiz, muxtasar tafsirlardan foydalaning, tushunish bilan yodlash
tezlashadi.
11. Yodlangan suralarni namozda va xoli vaktingizda o'qishni mashq qiling.
12. Takrorlash to'la suratda davom etishi uchun haftada bir kunni tayinlash lozim. Bu kunda
qaytara olmay qolgan kunlaringizdagi qarzlaringizni ado qilasiz.
13. O'zingizga munosib vaqtlarni tanlab oling, aql jamlanib turganda yodlash ham oson, ham
yaxshi bo'ladi.
14. Allohga bog'lanishni va sizga Qur'onni yodlashni yengil qilishi hamda bu ishda sizga muvaffaqiyat berishini so'rab duoni ko'prok qiling.
15. Gunohlardan saqlaning. Xususan, ko'z va quloq gunohlaridan saqlaning.
Qur'on yodlashning bulardan boshqa yo'llari ham bor, ularni zikr qilsak, gap cho'zilib ketadi.
Ularga ko'prok izlanish va o'zingiz kabi o'rtoqlaringizdan so'rashlik bilan erishasiz.

Alloh sizga tavfiq bersin va siz-u bizni Qur'on ahlidan qilsin!

𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍𝒅𝒂𝒏 𝒏𝒊𝒎𝒂𝒅𝒊𝒓 𝒚𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊 𝒏𝒂𝒓𝒔𝒂 𝒕𝒐𝒑𝒔𝒂𝒏𝒈𝒊𝒛, 𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉 𝒇𝒂𝒛𝒍𝒊𝒅𝒂𝒏 𝒅𝒆𝒃 𝒃𝒊𝒍𝒊𝒏𝒈. 𝑵𝒆𝒌𝒊 𝒌𝒂𝒎𝒄𝒉𝒊𝒍𝒊𝒌𝒍𝒂𝒓 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒂, 𝒌𝒂𝒎𝒊𝒏𝒂𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒆'𝒕𝒊𝒃𝒐𝒓𝒔𝒊𝒛𝒍𝒊𝒈𝒊𝒈𝒂 𝒚𝒐'𝒚𝒊𝒏𝒈...

@ARAB_TILI_ARABCHA