2023-01-10 23:10:11
#DIQQAT
Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.
Shundan kelib chiqib, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida 11-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanishini maʼlum qilamiz. Bu boʻyicha fakultet dekanatlari tomonidan qoʻshimcha maʼlumotlar beriladi.
Ayni vaqtda institutning talabalar turar joylari va oʻquv binolarining issiqlik tizimlarini barqaror ishlashi taʼminlanmoqda.
Noqulay ob-havo sharoitlari tufayli oʻqishga kelolmagan talabalarga oʻquv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrishi uchun
masofaviy (onlayn) taʼlim dasturlari fakultet dekanlari va fan oʻqituvchilari tomonidan tashkil etiladi.
Eslatma! 20-yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.
Anomal sovuq kunlari talabalardan ehtiyotkorlik bilan, shoshilmasdan, yoʻl harakati qoidalariga amal qilib harakatlanish tavsiya etiladi.
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti matbuot xizmati
https://t.me/AQXAI_pressa
1.2K viewsАхборот хизмати, edited 20:10