Get Mystery Box with random crypto!

Garvard universiteti talabalarini ilhomlantirgan oltin qoidala | 🇺🇿AQShDA TA'LIM🇺🇲 | Dunyo boʻylab GRANTLAR

Garvard universiteti talabalarini ilhomlantirgan oltin qoidalar

1. Agar hozir uxlasang, albatta, orzuingni tush ko‘rasan. Agar uxlash o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzuingni amalga oshirasan.
2. Endi kech bo‘ldi, deb o‘ylay boshlaganingda, aslida, hali erta bo‘ladi.
3. Bilim olishning azobi - o‘tkinchi. Ilmsizlik azobi – abadiy.
4. Bilim olish bu vaqt emas. Bilim olish – shijoat.
5. Hayot – bu faqat bilim olish emas; agar sen hayotning bilim olish qismidan ham o‘ta olmadingmi, unda qo‘lingdan nima keladi?
6. Shijoat va g‘ayrat rohat baxsh etishi mumkin.
7. O‘z ishini hammadan avval tamomlaydigan, o‘z ishiga chin dildan yondashadigangagina haqiqiy omad kulib boqadi.
8. Hammaga ham zafar quchish nasib etmaydi. Ammo muvaffaqiyat o‘zini o‘zi mukammal qilishga intiladigan va qat’iyatli bo‘lganlargagina nasib etadi.
9. Vaqt - oqar suv.
10. Bugungi irodasizlik ertangi ko‘z yoshga aylanadi.
11. Kelajakka nimadir olib o‘tadigan insonlar realistlardir.
12. Maoshingning hajmi bilim saviyang darajasiga mutanosibdir.
13. Bugun hech qachon qaytarilmaydi.
14. Dushmanlaring ham ayni damda kitob bilan band.
15. Ter to‘kmasang, pul topmaysan.

Abbos Mamatqulov

@AQSHDA_TALIM ← Biz bilan AQSHDA TALIM orzuyingizni amalga oshiring