Get Mystery Box with random crypto!

Deadlinelar. Amerika Univeraitetlariga topshirishda deadlinel | 🇺🇿AQShDA TA'LIM🇺🇲 | Dunyo boʻylab GRANTLAR

Deadlinelar.

Amerika Univeraitetlariga topshirishda deadlinelarga qa'tiq amal qilish shart. Hujjat tooshirishda asosan 4ta turdagi deadlinelar bor.

1. Early Action (EA)
2. Early Decision (ED)
3. Rugular Decision (RD)
4. Rolling Application

1. Early Decision
Early Decisionda siz Universitetga oktabr oyining oxirigacha hujjat topshirishingiz shart. Natijalar esa yanvar oyiga qadar e'lon qilinadi.
EDning boshqa deadlinelardan farqi agar siz EDga tooshirgan Universitetingizga qabul qilinsangiz, boshqa universitetlarga tooshirgan arizalaringizni qaytarib olishingiz kerak. EDga faqatgina bitta universitetga topshirish mumkin.

2. Early Action
EA ga ham qabul muddati asosan noyabr oyining boshiga qadar. Natijalar esa dekabr oyida e'lon qilinadi. Ya'ni agar barcha hujjatlaringiz tayyor bo'lsa, siz oldin hujjat topshirib, natijalaringizni ham vaqtli olishingiz mumkin.

3. Regular Decision
RD eng ko'p nomzod hujjat topshiradigan qabul muddati hisoblanadi. Regular Decisionga hujjat topshirish muddati 1-yanvargacha bo'lib, natijalar ham shunga bog'liq mart-aprel oylarida e'lon qilinadi. Agar noyabrgacha barcha hujjatlaringizni tayyorlay olmasangiz, be'malol RDga hujjat topshirishingiz mumkin.

4. Rolling Application
Rolling Admission mavjud universitetlarda siz istagan vaqtingizda hujjat topshirishingiz mumkin. Ya'ni universitet qabul kvotasi to'lgunga qadar nomzodlardan hujjatlarni qabul qiladi. Eslatma: RA hamma universitetlarda ham mavjud emas.

The ivy Channel

Abbos Mamatqulov

@AQSHDA_TALIM ← Biz bilan AQSHDA TALIM orzuyingizni amalga oshiring