Get Mystery Box with random crypto!

Parlamentda Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivo | Aqlvoy

Parlamentda Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibiga teleradiokanallar faoliyatida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalasi qo'yildi.

Yig'ilishda Jamoatchilik kengashi a’zolari, Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qo‘mitasi deputatlari, tegishli vakolatli davlat organlari (Adliya vazirligi, AIMK, AKT vazirligi) xodimlari, tele va radiokanallar rahbarlari, mutasaddilari va jurnalistlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdilar.

Ular:
Intellektual mulk huquqlarini (xususan, mualliflik huquqini) himoya qilmasdan turib, O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotining bir qismi sifatida yanada rivojlanishi mumkin emasligi;
O‘zbekistonda qonuniy himoya choralariga muhtoj raqamli media-mahsulotlar uchun muhim bozor shakllangani;
Raqamli kontent huquqlarining buzilishi (yoki oddiy qilib aytganda, o'g'irlanishi) ga, faktlar bilan (har qanday shaklda) yo’l qo’yilmasligini tan olish kerakligini;
Qoidabuzarlarni qattiq qonuniy javobgarlikka tortmasdan turib, adolatli raqobatga asoslangan sivilizatsiyalashgan bozorni shakllantirish mumkin emasligi;
Sud tomonidan qonuniy mualliflik huquqi egalarining huquqlarini buzgan deb topilgan shaxslar, da'vogarlarning moddiy da'volari bo'yicha javobgarlikka tortilishi kerakligi va jamiyat oldida mas'ul bo'lishi, agar kerak bo'lsa vakolatli organlar tomonidan ularning elektron ommaviy axborot vositalari sifatida berilgan ruxsatnomalarini to‘xtatib turish yoki qaytarib olish to‘g‘risida qaror qabul qilishlari shartligi haqida muhokama qilishdi.

Shuningdek:
Teleradiokanallar xodimlarining intellektual huquqlarni himoya qilish sohasidagi umumiy bilim darajasini oshirish, buning uchun Jamoatchilik kengashi, Adliya vazirligi va OAV tomonidan doimiy seminarlar tsiklini tashkil etish;
Muhokama qilinayotgan masala yuzasidan “Televideniye va radioeshittirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasiga taklif kiritish uchun, kollektiv takliflarni shakllantirishga kelishib olindi.

AQLVOY telekanali o'z ish faoliyatining birinchi kunidan boshlab, faqat litsenziyalangan (huquqiy) kontentni efirga uzatib bormoqda.
Buning uchun biz Koreya, AQSh, Angliya, Rossiya, Singapur, Hindiston va boshqa davlatlarning eng yirik studiyalari, kontent ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlari bilan shartnomalar tuzdik.