Get Mystery Box with random crypto!

Yomon odatlardan qutulish yoli Aniq jadvalim yo‘q bo‘lgani uc | Aqlli ikkichi

Yomon odatlardan qutulish yoli

Aniq jadvalim yo‘q bo‘lgani uchun ishga xohlagan vaqtda kelishim mumkin, shuning uchun odatda uxlashga kech yotar edim.

Zo‘r tuyilishi mumkin, ko‘plar shuni balkim xohlar. Lekin ertalabdan ishni boshlagan ancha samaraliroq: ko‘p ishlarni bitirasiz, kechki payt bo‘sh bo‘lasiz, kun shunchaki uzunroq tuyiladi.

Qanday qilib vahli uxlab-turishni bilmayotgan edim va o‘zimni zo‘rlab, ko‘p narsalar qilib ko‘rdim, oddiy narsaga o‘xshaydi, lekin aynan oddiy narsalarni biz baʼzilarda qilmaymiz.

Lekin yechimi kutilmagan joydan kelib qoldi, har kuni ertalab 7:00 Aziz aka bilan zalga chiqishni boshladim. Energiyamni zalda ketkazayotganim uchun kechki payt 11-12 larda uxlab, ertalab 6:30 turishni boshladim.

Oddiy xulosa bu yerdan chiqib keldi: yomon odatlardan qutulish uchun yaxshi odatlarga o‘zimni o‘rgatishim kerak ekan.

Izohlarda intizom haqida post so’ragan obunachi uchun*

@aqlli_ikkichi