Get Mystery Box with random crypto!

#Nahv_karvoni yangi kurs 05.09.2022. NAHV KURSLARIDA YURISH | Ақлий ва нақлий илмлар

#Nahv_karvoni yangi kurs 05.09.2022.

NAHV KURSLARIDA YURISH REJAMIZ DAVOM ETADI:

Kursimizda o'rganiladigan navbatdagi kitob Alloma Ibni Hishom rahimahullohning "Qatrun nado va ballus sado sharhi" dan bo'ladi.
(شرح قطر الندى وبل الصدى للإمام ابن هشام رحمه الله)
Bu kitob nahv ilmida o'rta bosqichni shakllaydi. Bunda boshlang'ich nahv kitoblarida uchramaydigan ko'plab qoidalar o'zlashtiriladi. Talabani mutolaada yuqori darajaga ko'taradi, biiznilloh.

Kursni olib borish kayfiyati:

• O'tiladigan dars maxsus telegram guruhida ovozli formatda joylanadi.
Joylangan darsni eshitib tayorlab tushunilmagan joylarini so'rab o'rganib boriladi.
Bir haftada uch kun (kun ora).
Dars ertalab bilan tushlik oralig'ida joylanadi. Bir kun orada bo'shliq bo'ladi, indiniga yana joylanadi vahokazo...
Talaba qo'yilgan darsni o'ziga qulay vaqtda eshitib tayorlab oladi to kelasi dars joylangunga qadar.

• Darslar mobaynida ma'lumotni mustahkamlovchi testlar o'tkaziladi.

• Kursda ayollar uchun alohida, erkaklar uchun alohida guruh tashkil qilinadi.

• Ayollar o'zlari yana alohida guruh ochib darslarni o'zaro muzokara qilib bir-birlariga topshirib borish vazifasi topshiriladi.

___
To'lov bir oyga: 30$
Kurs muallifi: Rahmatulloh Hanafiy.
Boshlanish kuni:
05. 09. 2022.
Kursga yozilish:
https://t.me/R_Hanafiy

Hozirdan boshlab kursga yozilib guruhdan o'z o'rningizni egallang!