Get Mystery Box with random crypto!

شفاء القلوب

Telegram kanalining logotibi aql_yurit — شفاء القلوب ش
Telegram kanalining logotibi aql_yurit — شفاء القلوب
Kanal manzili: @aql_yurit
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 569
Kanalning ta’rifi

@zuhd_playlist

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-11-15 19:36:19 Aллоҳ тавбангизни қабул қилишни хоҳлайди (4:27)
712 viewsКомола, 16:36
Ochish/sharhlash
2022-11-15 19:32:32 biz esa, Allohning nazdida pashsha qanotichalik qadri boʻlmagan, la'natlangan dunyo uchun yillab vaqtimizni sarflaymiz...
686 viewsКомола, 16:32
Ochish/sharhlash
2022-11-08 13:15:28 وَمَا هَـٰذِهِ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا لَهْوٌۭ وَلَعِبٌۭ‌ۚ وَإِنَّ ٱلدَّارَ ٱلْأَخِرَةَ لَهِىَ ٱلْحَيَوَانُ‌ۚ لَوْ كَانُواْ يَعْلَمُونَ

Бу дунё ҳаёти фақат ўйин-кулгидан иборатдир. Агар билсалар, охират диёри, ана ўша ҳақиқий ҳаётдир.

29:64
1.1K viewsКомола, 10:15
Ochish/sharhlash
2022-11-07 19:35:15 #Hidoyat

Alloh taolo shunday deydi:

"Albatta, iymon keltirganlar va yaxshi amallar qilganlarni Robbilari iymonlari sababli hidoyatga boshlaydir. Naim jannatlarida ostlaridan anhorlar oqib turadir" (Yunus: 9)

Biz uchun eng muhim va kerakli bo‘lgan narsa ayni shudir. Chunki biz mo‘minmiz degani, hidoyatga muhtoj emasligimizni anglatmaydi.

Biz hayotimizning har bir daqiqasida hidoyatga muhtojmiz. Eng ko‘p takrorlanadigan ushbu duoni ham Fotiha surasida qilamiz:

"Bizlarni, g‘azabga duchor bo‘lmagan va haq yo‘ldan toymagan zotlarga in’om qilgan yo‘ling bo‘lmish — To‘g‘ri yo‘lga yo‘llagaysan". (Fotiha: 6-7)

Shu sababdan ham Alloh mo‘minlarni iymonlari tufayli to‘g‘ri yo‘lga yo‘llaydi. Biz Allohning hidoyati va tavfiqisiz hayot kechira olmaymiz.
994 views:, 16:35
Ochish/sharhlash
2022-11-07 19:17:23
#ibrat #kõz_quvonchi

... Olti yarim yoshda. Qur'oni karimdan 20 pora yod oldi. Arab tili kitoblarining bir nechasini tarkiblari bilan o'qiydi. Bolalar uchun aqida kitoblarini ham (o'zbekchasini) o'qib chiqdi. Shu bilan birgalikda rus tili, turk tili, arab tili va ingliz tillarini ham o'zlashtirmoqda...

Ta'rifi keltirilgan bu zakiya qizaloq– Asiya qiz . Ma shaa Alloh.

Kelajakda bu ummat uchun haqiqiy din xodimasi bo'lish niyatlari bor.

Qizaloqqa bu ummat uchun otalaridan-da ziyoda xizmat qilish nasib etsin.

Alloh taolo otalarini O'z rahmatiga olsin.

#Motivation
860 views:, edited  16:17
Ochish/sharhlash
2022-11-07 19:00:51 #mulohaza

Ma'rifatulloh (Allohni tanish) qanchalik muhim?

Buyruqlardan oldin, buyuruvchi kim ekanligini taning va taniting.

Nega bugungi kunda odamlarga shariat ahkomlari haqida gapirsak "Din osonchilik-ku, qiyinlashtirmang deyilgan", deb, hatto besh mahal namozni ham qiyin sanashadi? Negaki odamlarda ma'rifatulloh yo'qolgan. Ular Alloh azza va jallaning qanday Zot ekanligini yaxshi bilishmaydi. U Zotning azamatini, qudratini, rohmatini his qila olishmaydi. Shuning uchun ham aytamizki, Allohni oz bo'lsa-da taniganlar bu ilmni yoyishga xizmat qilishlari kerak. Toki insonlar Allohni tanishsin va U Zotni O'zi istaganidek qadrlashsin. U Zotga O'zi istaganidek ibodat qilishsin, qaytariqlaridan qaytishsin.

Barcha ilmlarni bir daraxt deb olsak, ma'rifatulloh shu daraxtning ildizidir. Ildiz qanchalik mustahkam bo'lsa, daraxt shunchalik o'sib-unadi va sobit turadi, vahokazo...


Vallohu a'lam.
679 views:, 16:00
Ochish/sharhlash
2022-11-07 06:37:44
٩٠:٧
698 viewsVasatiy, 03:37
Ochish/sharhlash
2022-11-06 18:22:25 #tavakkul

Tavakkul – Allohga suyanish ehtiyojlarning amalga oshishida eng kuchli sabablardan sanaladi. Chunki Alloh Ta’olo O‘ziga tavakkul qilgan (suyangan) bandasiga kifoya – barcha muammolarini hal qilishga yetarli Zotdir:

وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى اللهِ فَهُوَ حَسْبُهُ

"Kim Allohga tavakkul qilsa, U Zot unga (barcha hojatlarini qondirish, ishlarini to‘g‘rilash uchun) kifoyadir". ("Taloq" surasi, 3-oyat).

Hofiz Ibn Rajab Hanbaliy.

"Nurul-iqtibos", 151-bet.

***

Allohning mo‘min bandalarini mashaqqat va zararga tushirib, ularni yakka O‘ziga suyantirishi, faqat O‘zigagina xolis duo qilishga, boshqa barcha narsalarni (qabr, daraxt, tirigu o‘lik "aziz avliyolar", pirlaru ruhlarni) qo‘yib, O‘zidangina umid qilishga, qalblarini yolg‘iz Allohga bog‘lashga olib kelishi – ularga bo‘lgan ne’matining mukammaligidandir. (Ya’ni, biz uchun muammo sanalgan ishlar Robbimizga qaytishimizga sabab bo‘lgani uchun aslida bular ham bir ne’matdir.)

Shunda mo‘minlarning qalbida Allohga tavakkul (har qanday holatda Unga tayanish), Unga qaytish (qiyinchilik yetganida Allohga yukinish), iymon halovati va uning zavqi, shirkdan to‘liq poklanish hissi hosil bo‘ladi. Bu esa kasallikdan tuzalish, xavfdan qutulish, qurg‘oqchilikning ketishi, mashaqqatlar o‘rniga yengillik kelishi kabi holatlardan ulug‘roqdir. Chunki bular (oxirgi sanalganlar) jismiy lazzatlar, dunyoviy ne’matlar bo‘lib, ba’zida mo‘minlardan ham ko‘ra kofirlarga ko‘proq beriladi. (Ammo qalbni sobit tutib turuvchi, Qiyomatda najot beruvchi iymon faqat mo‘minlarda bo‘ladi.)
682 views:, 15:22
Ochish/sharhlash
2022-11-06 18:18:48 #hikmat

Toat-ibodat va gunoh-ma’siyatlar haqida

1) Toat va ma’siyat bir-birini inkor qiladi. Kim gunohlardan xalos bo‘lmoqchi bo‘lsa, gunohlarni ibodatlar bilan siqib chiqarsinki, toki ularga joy qolmasin!

2) Inson faqat gunohlar sababli toatdan mahrum bo‘ladi. Gunoh kattalashgan sari, toatdan mahrum bo‘lish ham ortadi.

3) Kim ibodatlarni ko‘paytirsa, gunohlarni yomon ko‘ra boshlaydi. Kim gunohlarni ko‘paytirsa, ibodatlarga og‘rinadigan bo‘lib qoladi.

4) Agar Alloh bandani yaxshi ko‘rsa, unga ibodatni suyukli qilib qo‘yadi.

‎حَبَّبَ إِلَيْكُمُ الْإِيمَانَ وَزَيَّنَهُ فِي قُلُوبِكُمْ

"Alloh sizlarga iymonni suyukli qildi va uni dillaringizga chiroyli ko‘rsatdi", (Hujurot: 7).

Agar Alloh bandani yomon ko‘rsa, unga ma’siyatni suyukli qilib qo‘yadi.

‎كَرِهَ اللَّهُ انبِعَاثَهُمْ فَثَبَّطَهُمْ

"Alloh chiqishlarini istamay, ularni dangasa qilib qo‘ydi", (Tavba: 46).

5) Inson har qachon Allohga toatni ko‘paytirsa, izzati ziyoda bo‘ladi. Ma’siyatni ko‘paytirsa, xorligi ziyoda bo‘ladi.

مَن كَانَ يُرِيدُ ٱلۡعِزَّةَ فَلِلَّهِ ٱلۡعِزَّةُ جَمِيعًاۚ
إِلَيۡهِ يَصۡعَدُ ٱلۡكَلِمُ ٱلطَّيِّبُ وَٱلۡعَمَلُ ٱلصَّلِحُ يَرۡفَعُهُ

"Kim kuch-qudratni istaydigan bo‘lsa, bas barcha kuch-qudrat Allohnikidir. (Har bir) xush so‘z Unga yuksalur va yaxshi amalni ham (Alloh O‘z dargohiga) ko‘tarur", (Fotir: 10).
644 views:, edited  15:18
Ochish/sharhlash