Get Mystery Box with random crypto!

Fantom ogʻrigʻi Ozod Sharofiddinov. Bu inson umrining oxirgi | شفاء القلوب

Fantom ogʻrigʻi

Ozod Sharofiddinov.
Bu inson umrining oxirgi qismi qand kasalligi bilan kechgan va shu sabab uning bir oyogʻi kesilgan ekan.

U inson tez tez shifokor qabuliga borib, kesilgan oyoqning tovon yoki bosh barmogʻidagi ogʻriqdan shikoyat qilib kelgan ekan.

Shifokorlar ham u kishining shikoyatini rad qila olmay muolaja va dorilar yozishgan.
Chunki ular “kesilgan oyoqning ogʻrigʻi boʻlmaydiku” deb qaytara olishmaydi. Tibbiyotda bunga Fantom ogʻrigʻi deyiladi.

Fantom ogʻrigʻi - biror organ tanadan kesilib yoki uzilib tushishi mumkin, lekin bu a’zoning nerv tolalarining avlodlari miyada boʻladi. Oyogʻing yoʻq-ku lekin ogʻriq beradi. Bu ogʻriqni ana shu avlodlar keltirib chiqaradi.

Bolalikni sogʻinaman…
Va buni hech ikkilanmasdan fantom ogʻrigʻidan azob chekish deyishim mumkin…
Men chindan ham hech narsani bilmay hotirjam uyquga ketgan, shu chirkin dunyo haqida yaxshi gumonlar qilgan, begʻubor va begunoh vaqtimni oʻlgudek sogʻinaman…

Dunyo va insonlar haqida koʻp va hoʻp bilganim sari Fantom ogʻrigʻi meni oʻz domiga tortib ketyapti…

@zhdqlb