Get Mystery Box with random crypto!

ASSESSMENT GA MAKTUB Qadrli janob/xonim Ushbu xatim sizga | Aptis for Teachers

ASSESSMENT GA MAKTUB
Qadrli janob/xonim
Ushbu xatim sizga tez va sog' omonligingizda yetib boradi deb umid qilaman. Ushbu xatni sizning tashkillashtirib berayotgan Aptis for teachers imtixoni uchun tayyorlovchi tutor sifatida yozmoqdaman. Xat yozishimning asosiy sabablaridan biri, menda paydo bo'layotgan ba'zi hafagarvhilik va takliflar bo'ldi.
Birinchidan, Aptis for teachers testini tashkillashtirib berayotganingiz uchun minnatdormiz, zero bu bizga o'z bilimimizni namoyon qilib C1 sertifikatiga ega bo'lishimizga yordam berayapti. Biroq narxini 620.000 so'mdan birdaniga 750.000 so'mga chiqarganingizdan juda qattiq hafa bo'ldik va sababini anglamadik.
Ushbu holatda narxini oshirganingizga qo'shimcha sifatida sertifikatlarni manziliga, hech bo'lmaganda ishlaydigan hududimiz xalq ta'limi vazirligi markazlari metodistlarimizga yetkazib berishni yo'lga qo'yishingizni iltimos qilgan bo'lar edik.
Aks holda bazi biznesmen uddaburonlar biz bechora ustozlarni 100ming so'm pulimiz yetkazib berishni reklama qilmoqdalar. Pochtadan 10ming sumga qabul qilib olishimiz imkoni bo'lsada biz sharoitimiz yetmagani uchun majbur bo'layapmiz.
Ushbu xatimni tanqid emas, taklif deb qabul qilasiz va inobatga olib yordam berasiz degan umiddaman.
Xurmat bilan R.N.A
@APTISFORTEACHERSUZ