Get Mystery Box with random crypto!

​​Apple Watch 7 - 3 ta siz bilishingiz kerak bo'lgan yangi xus | Bay store

​​Apple Watch 7 - 3 ta siz bilishingiz kerak bo'lgan yangi xususiyatlar


Yangi klaviatura - Apple Watch yangi seriyasi takomillashgan QWERTY klaviaturasiga ega, uning ekrani 6-seriyadan taxminan 20%ga kattaroq, bu esa sizga xuddi telefondagi kabi yozish imkonini beradi.

Toʻliq oʻlchamli klaviatura sizga Apple Watch 6-seriyasida boʻlgani kabi matnga standart javob yuborish, tezkor eslatma yozish yoki xabar yozish bilan cheklanib qolmasligingizni bildiradi.

Kattaroq o'lcham - Apple Watchning 7-seriyasida, 2018-yilda 4-seriya sotuvga chiqarilgandan beri o‘zining birinchi marya yirik o'lchamlarda sotuvga chiqdi. Yangi soat 41 mm va 45 mm o‘lchamlarda. Apple Watch 7-seriyasining ekrani 6-seriyadan taxminan 20% va 3-seriyadan 50% kattaroq.

Ekranni hoshiyalovchi chegaralar ham 6-seriyadagidan 40% kichikroq bo‘lib, Apple’ga qurilmani kattalashtirmasdan ekran o‘lchamini kengaytirish imkonini beradi.

Apple kompaniyasining ta'kidlashicha, eski soat bantlari Apple Watch 7 ga bilan mos keladi.

Tezroq quvvatlash - Tezroq Apple Watchning 7-seriyasi batareyasi 6-seriya kabi uzoq davom etishi kutilmoqda, biroq Apple soatingizni quvvatlash uchun ketadigan vaqtni qisqartirayotganini aytadi.

Apple Watch Series 7 Apple Watch Series 6 ga qaraganda 33% tezroq quvvatlashi mumkin, deb xabar beradi Apple.

Noldan 80% gacha zaryadlash uchun 45 daqiqa vaqt ketadi va 8 daqiqa zaryadlash 8 soatlik uyquni kuzatish imkonini beradi.

Telegram | instagram