Get Mystery Box with random crypto!

'Hududgaztaminot'AJda Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligiga | "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

"Hududgaztaminot"AJda Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

"Hududgaztaminot" AJ Boshqaruv raisi B. Eshmuratov jamoani ushbu yorqin bayram bilan samimiy tabriklab, ularning xalqimiz farovonligi va munosib turmush sharoitini ta'minlashdagi ulkan, bunyodkorlik ishlarini qayd etdi.

Soha rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun bir necha soha xodimlari yuksak davlat mukofotlariga munosib ko‘rilganligi alohida ta'kidlandi. Jumladan, "Hududgaz Xorazm" gaz ta'minoti filiali dispetcheri Umarova Ilmira Turemuratovna "Do‘stlik" ordeni bilan, "Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali chilangari Asatova Laylo Safarovna "Shuhrat"medali bilan taqdirlandilar.

Alohida tirishqoqligi, mehnatsevarligi va soha ravnaqiga qo‘shgan hissasi uchun “Hududgaztaminot” AJning bir qator xodimlariga aksiyadorlik jamiyati rahbariyati nomidan faxriy yorliqlar topshirildi.

"Hududgaztaminot" AJ matbuot xizmati