Get Mystery Box with random crypto!

#OKMKning_75_yilligiga Joriy yilning 11-may kuni Mis eritish | AGMK - OKMK | Расмий канал

#OKMKning_75_yilligiga

Joriy yilning 11-may kuni Mis eritish zavodi Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi kengashi tashabbusi bilan "Olmaliq KMK" AJning 75 yilligi va “O‘zbekiston Respublikasi konchilik-metallurgiya sanoati xodimlari kuniʼʼ ga bagʻishlab zavod bo‘linmalari ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqasi tashkillashtirildi.

Musobaqada MEZning 14 ta sexidan jamoalar 4 ta guruhga bo‘lingan holda maydonga tushishdi. Olimpiya tizimida o‘tkazilgan musobaqada g‘oliblikni Metallurgiya sexi eritish bo‘limi jamoasi qo‘lga kiritdi.
- o‘rinni Oltin va Kumush affinaji sexi jamoasi egalladi.
- o‘rin Misni elektrolizlash sexi jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa gʻoliblariga Kasaba uyushmalari qoʻmitasi tomonidan pul mukofotlari topshirildi.

Nosirbek Abduraximov,
Mis eritish zavodi direktorining Yoshlar masalalari boʻyicha yordamchisi


Web-site|YouTube|Facebook|Telegram|Instagram|Twitter