Get Mystery Box with random crypto!

Nima-a? Endi muvaffaqiyatli bo'lish uchun ha demasligim kerakm | Anvar Tursunov

Nima-a? Endi muvaffaqiyatli bo'lish uchun ha demasligim kerakmi?

Nassim Nikolas Taleb. Ushbu inson fikrlash bo'yicha va tasodiflarga aldanmaslik bo'yicha daho hisoblanadi. Har holda men shu fikrga kelganman.

Xo'sh nima qilibdi?

Men demoqchimanki uning bitta iqtibosini 100 ta odam 100 xil tushunishi mumkin va ularning ko'pi noto'g'ri tushunishi yoki umuman tushunmaslik ehtimoli katta.

Yuqoridagi iqtibos bo'yicha o'z xulosalarimni aytmoqchiman:

Demak hammaga yo'q deyish kerak-mi?

Bu savolga javob berishim qiyin. Chunki bu borada qarashlar 2 ga bo'lingan. Qaysi kitoblarda yo'q deyishni o'rganishga targ'ib qilinsa, ba'zi kitoblarda buning aksini maslahat berishadi. Bahsli mavzu bu.

Men aytmoqchi bo'layotganim esa o'zgalarga emas o'zingga yo'q deyish haqida.

O'zingga yo'q deyish – maqsadingga yaqinlashtiradigan harakatlarni qilishdan seni to'xtatishga harakat qiladigan va aynan hozir harakat qilmasliging va dam olishing uchun ajoyib bahonalar topib beradigan ichki ovoz(miya).

Biz buni ongli ravishda bilib turishimiz mumkin. Lekin ko'pincha biz bu ovozga ha deymiz va hozir qilmoqchi bo'lgan ishlarimiz, ertaga, dushanbaga yoki oyni, yilni boshiga qolib ketadi. Achinarlisi shu ertaga yoki dushanba kelgach ham bu ovoz bizga yana mukammal bahonalarni o'ylab qo'ygan bo'ladi.

O'zimizga yo'q deyishni o'rganmas ekanimiz, doim ishni ortga surib yuraveramiz va bu ko'p hollarda stresga olib keladi.

O'zimizga yo'q deyishni va ishimizni hozir qilishni o'rganaylik.

@Anvarsblog