Get Mystery Box with random crypto!

O'zgarish kerak Ba'zi odamlar bilan suhbat qurib, tezroq qoc | Islomiddin AnvarjonOff | Blog

O'zgarish kerak

Ba'zi odamlar bilan suhbat qurib, tezroq qochgingiz keladi.

Sababi ularda o'zgarish yo'q, o'sha eski fikr, o'sha eski tema, ko'ngil ayniydi ba'zan

Suhbat yoqmaydi, o'zgarish haqida gapirsang ham bo'lmaydi, yoqtirishmaydi

Rivojlanib ketib, guruhga qo'shilmay qo'ysang, seni unutishadi, gapirishadi

O'sish yo'q, o'qish yo'q, reja yo'q va o'zgarish ham yo'q

Bu 1 yil, 5 yil yoki 10 yil yo umuman o'zgarmay qolishi mumkin, bu xatarli

O'sish bo'lmasa, demak, aniq tushish bor.

O'yin, sayr, dam olish bular hammaga yoqadi

Biroz cheklanish kerak, maqsadni qo'yish, kitob o'qish va muhitni yaxshilash kerak

Maqsad qo'yish - YouTubeda yetarli manbalar bor, qara, izla

Kitob o'qish - bu ish senga yoqmasligi mumkin chunki sen katta ehtimol bilan umuman kitob o'qimagansan, bir o'qib ko'r, yoqmasa shartmas

Muhit bu - do'stlar muhiti, yaxshiroq muhit top. Taleb Nassim aka aytganidek: O'zgarishni eng tez va yaxshi yo'li bu muhitni o'zgartirish.

Va yaxshi kichik odatlarni shakllantirish ham kerak, erta turish, gimnastika va hk. Bu ham foydali !

@JGoziyev_blog