Get Mystery Box with random crypto!

Qadimiy bayramdir,ko'hna an'ana, Yurtimda boshlanar to'yu-tant | Antiqa post

Qadimiy bayramdir,ko'hna an'ana,
Yurtimda boshlanar to'yu-tantana.
Bir-birin qutlashar do'stlar do'stona,
Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin!
Qaldirg'och qanotda baraka olib,
Olamni yashatib,yurtni yashnatib,
Yurakni yangilab ,dilga qo'r solib,
Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin!
Ona yer taftidan g'uncha gul ochar,
Gullar qo'shiq kuylab hidlarin sochar,
Yaproq chapak chalgach,bolari qochar,
Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin!
Bahorga o'xshagan suluv kelinchak,
Dala-qirlaringdan terar gul-chechak,
Go'zal tilak aytib kavlar sumalak,
Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin!
Zumrad bahor iliq nafasin olgan,
Gulu-lolalarga poyondoz solgan,
Ko'ngilni yashnatib biz bilan qolgan,
Navro'z ayyomingiz muborak bo'lsin!